“Ozon” dron hujumidan 374 million dollar zarar ko‘rdi
Rossiyada eng yirik bozorlardan biri hisoblangan "Ozon" kompaniyasining 11 logistika majmuasiga dron hujumi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori taxminan 374 million dollarga baholandi.
Bu raqam korxona tomonidan e’lon qilingan 2026-yil uchinchi choragiga oid moliyaviy hisobotda keltirilgan. Qayd etilishicha, joriy yil avgust oyidan buyon uchuvchisiz uchoqlar zarbasi tufayli “Ozon” majmualarida turli darajada yong‘in chiqqan.
Ko‘rilgan ziyon sotuvdagi mahsulotlar yo‘qolishi, muhim vositalar shikastlanishi yoki qadrsizlanishi, shuningdek boshqa turdagi chiqim va xarajatlarda namoyon bo‘lgan. Kompaniya vakillari ta’kidlashicha, jabrlangan ob’ektlardagi aktiv va tovarlarning ma’lum qismi sug‘urta qilingan. Hozir sug‘urta tashkilotlari bilan tovon puli undirish bo‘yicha muzokara olib borilyapti.
Tabiiyki, sug‘urta to‘lovi zararni to‘liq qoplamasligi mumkin. Shuningdek, “Ozon” bunday hodisalar hududiy amaliyot jarayonida uzilish keltirib chiqarishi, qo‘shimcha sarfga sabab bo‘lishi va umumiy moliyaviy ko‘rsatkichga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA