Berilgan sovg‘ani qaytarib olish odobdan emas, deyishadi. Fransiyalik deputat esa bu qoidaga amal qilmoqchi emas. Gap 1880 yil farang hukumati tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlariga sovg‘a qilingan “Ozodlik” haykali haqida boryapti. Nyu-York shahridagi bu yodgorlik butun dunyoga mashhurligini hamma biladi. Nega endi oradan 140 yil o‘tib, Rafael Glyuksmann sovg‘ani qaytarish kerak, deyapti?

Uning aytishicha, Tramp ma’muriyati mustaqil izlanishni cheklab, ilmiy tadqiqotchilarni ishidan mosuvo qilishga urinmoqda. Ilmiy-tadqiqot institutlariga ajratiladigan mablag‘ni qisqartirib, ilm-fanga, demokratik tamoyillarga hurmatsizlik ko‘rsatmoqda.

– Ehtimol Tramp ma’muriyatining bu o‘zboshimchaligi Fransiyaga qo‘l kelib qolar, – deya fikr bildirgan noib.

Ya’ni, janob Glyuksmann AQSHda ilm izlovchilarga nisbatan kuzatilayotgan bosimdan unumli foydalanib, “Bilimli odamlar hamma joyda kerak” deya olimlarni Fransiyaga taklif qilish lozimligiga shama qilgan. Shu voqealar sabab deputat ozodlik va demokratiya ramzi hisoblangan haykal endi Tramp  ma’muriyati olib borayotgan siyosatga mos kelmasligini iddao qilgan.

– “Ozodlik”ni uyiga qaytaring, uni xor qildingiz, dedi Rafael AQSHga qarata.

Shuningdek, Glyuksmann partiyadoshlari bilan suhbatda Fransiyadagi o‘ta o‘ng yetakchilarni ham tanqid qilib, Tramp va uning milliarder maslahatchisi Ilon Mask muxlislariga aylanganlikda aybladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GEbKJ64WIu0" title="«Ozodlik »ni qaytaring" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ozodlik”ni qaytaring (+video)