Farmon va ijro

Panjara ortidagi har bir lahza mahkum qalbidagi sog‘inch va azoblarni chuqurlashtiradi. Ularning yagona orzusi  erkinlikka tezroq chiqish, hayotni yana bir bor yangi umid bilan boshlashdir.

Jinoyat uchun jazo  –qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim vosita. Ammo bugungi islohotlarning asosiy maqsadi jazolash emas, insonni tarbiyalash va unga e’tibor qaratishdir. Bu esa inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi va davlat siyosati darajasida katta ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 26 avgustda qabul qilingan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarni afv etish” to‘g‘risidagi farmon bunga yaqqol misoldir. Farmon asosida Qarshi shahridagi 2-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan mahkumlar hayotida yangi sahifa ochildi.

– Bu joyga kelishni xayolimga ham olmagan edim, — deydi afv etilganlardan biri Turg‘un Xidirov. - Bir to‘g‘ram nonni oilam bilan birga yeb, tinch hayot kechirish — eng katta baxt. Adashib, noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qoldim, bu uchun juda afsusdaman. Bu yerda o‘tgan besh yilning har bir kuni menga yillardek tuyuldi. Oilam va farzandlarim sog‘inchi har dam meni sinadi. Qamalganimda kichkina farzandim atiga ikki oylik edi, hozir esa meni tanimasligi ham mumkin. Yollanma ishchi bo‘lib ishladim, sog‘inch azobi bilan yashadim. Prezidentimiz bizga yana bir imkoniyat berdi. Endi bu yo‘lga qaytmay, halol mehnat qilib, yorqin kelajak qurishga va’da beraman. Bu xabarni eshitganimda qalbimdagi xursandchilikni so‘z bilan bayon etib bo‘lmaydi.

Farmon doirasida 14 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ozodlikka chiqarildi. 5 nafar mahkumning jazosi yengillashtirilib, axloq tuzatish jazosiga almashtirildi. 19 nafar mahkumning jazosi qisqartirildi. Giyohvandlik savdosi uchun qamalgan shahrisabzlik Jamol Rustamov qariyb ikki yillik mahkumlikdan keyin ozodlikka chiqdi.

Temir eshiklar ortidan ozodlikka chiqqan mahkumlarning yaqinlari, ko‘zlaridagi sog‘inch yoshlari bilan ularni kutib olishdi. Jamol Rustamovning afv etilishi haqidagi yaxshi xabar uning oilasini birlashtirdi. Diydorlashuvda ko‘z yoshlar oqmasligi mumkin emas edi.

Jinoyatining mohiyatini tushunib, xatolaridan saboq olgan Jamol akaning panjara ortidagi hayoti uni to‘g‘ri yo‘lga qaytargani uning ko‘zlarida ochiq aks etgan edi.

– Jinoyat insonni botqoqqa soladi, – deydi Jamol Rustamov. – El oldida uyat bo‘ladi. Kasalligimni davolash o‘rniga noto‘g‘ri yo‘lga kirib qoldim. Shu yo‘lda sevinch topaman, degan umidda edim, ammo bu menga faqat azob bo‘ldi. Hozir jabrini o‘tkazyapman. Obro‘mni yo‘qotdim, to‘ylarim ham bekor bo‘ldi. Nevaralarimni, bolalarimni juda sog‘inaman. 57 yoshdaman, jinoyatchi degan tamg‘a kelajagimda qolmasa edi. Prezidentimizdan minnatdorman, ularga sog‘liq-salomatlik tilayman. Hammadan uzr so‘rayman. Bu taqdirni hech kimga tilamayman.

Aslida, jinoyat sodir etgan shaxs emas, balki uning yaqinlari javobgarlikning  og‘irligini ko‘proq his qiladi. O‘z xatolarini anglagan bu yurtdoshlarimiz uchun eng to‘g‘ri yo‘l ishonchni oqlash va jamiyatga foyda keltirishdir. Ana shu yo‘l orqali ular o‘zlarini namunali insonlar qatorida ko‘rsatishlari mumkin.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozodlikka talpingan qalblar