FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda harbiy orkestr, bayrog‘dorlar, maxsus texnikalar paradi bo‘lib o‘tdi. Ular bayroqni baland ko‘tarib, shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib o‘tdilar. Bu manzara fuqarolarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbirni Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev ochib berdi. U o‘z nutqida bayroqning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, uning davlatchilik tarixidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Bayroq – ozodlik, jasorat va taraqqiyot timsoli ekani ta’kidlandi.
[gallery-20441]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Namanganda ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Tadbirlar jamoatchilik uchun foydali va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, bayroqqa bo‘lgan hurmat va uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga imkon yaratdi.
Tadbirdan so‘ng maxsus texnikalar va bayroq bilan bezatilgan avtokarvon shahar ko‘chalari bo‘ylab yo‘l oldi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA