Prezidentimizning “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh faol xotin-qizlar davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar qatorida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi rahbari Ozoda Jo‘rayeva ham bor. Ozoda Jo‘rayeva “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

– Taqdirlanganlar orasida o‘z ism-familiyamni ko‘rib, hayajonlandim, – deydi Ozoda Jo‘rayeva. – Prezidentimiz mukofotni topshirar ekan, "Siz bugunning qahramon onasisiz. 10 nafar bolani o‘z qaramog‘iga olib boqib olish katta jasorat” dedilar. 

Men ikkinchi guruh nogironiman. Yolg‘iz onaman. Farzand asrab olish taklifi bilan chiqqanimda rosti juda xavotirda edim.  Oilaviy bolalar uyi ochishimga ruxsat berilarmikin, degan hadik bor edi. Menga 10 nafar bolaning taqdiri ishonib topshirilganidan, shu bolalarga onalik qilishga ishonch bildirilganidan judayam minnatdorman. 

Aslida bolalar mening jonu-dilim. O‘zimning ham 15-14  va 7 yoshli o‘g‘illarim bor. Toki oilaviy bolalar uyini tashkil etgunimga qadar ham uzoq yurtlarga ketgan musofir qarindoshlarimizning, yaqin qo‘ni-qo‘shnilarimning 60 nafarcha farzandlarini oylab, hatto yillab parvarish qilganman. 90 nafarga yaqin o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalarga xizmat ko‘rsatganman. Bu ishlar mening sevimli mashg‘ulotimga aylangan. Men bolalar va keksalar davrasida dam olaman.

2021 yil 1 avgustda Denov tumani 1-oilaviy bolalar uyini tashkil etdim. Besh yillik faoliyatim davomida uch nafar bolam yurtimizdagi eng nufuzli universitetlarga o‘qishga kirdi. Yana ikki nafa farzandim talaba bo‘lishga hozirlik ko‘rmoqda.

– 10 nafar bola – 10 xil fe’l-atvor, o‘smirlik davri muammolari. Ozoda opa, siz bu kabi mashaqqatli bosqichlardan qanday o‘tdingiz?

Har bir bolaning o‘z dunyosi bor. O‘smirlik — bu bolalikdan kattalikka o‘tish davri. Demak, ular bilan munosabatda endi yanayam ehtiyotkor bo‘lishni angladim. Meni xursand qilgan tomoni, ular har bir masalada menga suyanishadi. Ularning eng yaqin sirdoshi o‘zimman. Bolalarimning bir-biriga mehrlarini ko‘rib juda quvonaman. Ular hatto bir-birlari bilan tortishsa ham akamsizku, opamsizku deya erkalashlari yuragimni zavqqa to‘ldiradi. 

Ba’zida oldimga Xotin-qizlar reabilitatsiyasi markazlarida davolanayotgan qizlarni olib kelishadi. O‘zingiz suhbat qilib ko‘ring, deya iltimos qilishadi. Tarbiyasi og‘ir, agressiv bolalar odatda o‘z his-tuyg‘ularini to‘g‘ri ifoda eta olmaydi.  Shu sababli ular bilan ishlashda o‘ta ehtiyotkor, sabrli bo‘lish lozim. Samimiy munosabat, xulq-atvorni tuzatish, hamda shu kabi bir qancha usullardan foydalanish mumkin. Ularning aksariyati mening xonadonimda qolish istagini bildirishadi. Hozirgi zamon o‘smirlarida o‘z hayoti va oilasidan qoniqmaslik hissi ancha oshib ketgan. Bu holat o‘smirlarning jiddiy stressga uchrashiga sabab bo‘ladi. Men har bir holatni hisobga olaman. Ularning ruhiy holatini bir daqiqa ham nazoratsiz qoldirmayman.

Tarbiya metodikasini muntazam o‘rganib boraman. Bu bolalar uyini tashkil qilayotganimda mendan kelajakda qiynalib qolmaysizmi, deya so‘rashgan. Shunda men ortimda Prezidentim turibdi, men nimadan tashvishlanishim kerak, deya ishonch bilan javob qaytarganman.

Men tadbirkorlik faoliyatimni ham yo‘lga qo‘yganman. Eski bir maktabning foydalanilmayotgan xonalarida kichkina tadbirkorlik sexini tashkil qilganman. U yerda mahalla aholisi uchun issiq nonlar tayyorlab, sotuvga chiqaramiz. Farzandlarim bo‘sh vaqtlarida menga yordam berishadi.

Kelgusida keksalarni parvarishlash xizmatlarini tashkil qilmoqchiman. Shunday maskan bo‘lsinki, u yerda hayot ostonasida turgan yoshlar o‘zlariga zarur maslahatlarni olishsin, keksalarning pandu-nasihatlarini tinglashsin.

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozoda Jo‘raboyeva: Bolalarimning bir-biriga mehrini ko‘rib juda quvonaman