Xalqimiz har yili Mustaqillik bayramini ulkan yutuqlar, muvaffaqiyatlar bilan kutib oladi. Eng ulug‘, eng aziz ayyomga munosib tuhfa hozirlash, yurtimizni yanada obod va farovon etish maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. 

Bu yil ham ulug‘ bayramimiz arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida yangi sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, san’at va sport koshonalari, turar joylar, yo‘llar, ko‘priklar qurib bitkazildi. Xalqimizga xos ezgu an’analarga muvofiq bu inshootlar xosiyatli va xayrli kunlarda – Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov 29-avgust kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Toshkent mamlakatimizning bosh shahri, yurtimizning butun ko‘rku tarovatini o‘zida namoyon etgan poytaxtimizdir. Prezidentimiz rahnamoligida bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda. Shahar o‘zining tarixiy jozibasini saqlagan holda yangilanib, zamonaviy qiyofaga ega bo‘lmoqda, uzoqni o‘ylab tuzilgan reja asosida muttasil rivojlanib bormoqda.

Poytaxtimizda milliy me’morlik an’analari va zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barpo etilayotgan inshootlar, yo‘llar, yo‘l o‘tkazgichlar, ko‘priklar buning yorqin namoyonidir. 
ko`prik.jpg
Prezidentimiz Shayxontohur tumanining Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chalari kesishgan chorrahada bunyod etilgan yangi zamonaviy ko‘prikni borib ko‘rdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi huzuridagi “13-ko‘prikqurilish” tresti bunyodkorlari tomonidan barpo etilgan ushbu transport bog‘lamasi avtomobillarning harakatlanishi uchun keng qulaylik yaratadi. Ko‘prikning uzunligi 642, eni 19 metr.

Davlatimiz rahbari bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, ular yuksak mahorat, chuqur bilim, yuqori texnologiyalar asosida amalga oshirilganini alohida qayd etdi.

Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chalari kesishgan joyda transport tig‘izligi avtomobillar va piyodalarga noqulaylik tug‘dirar edi. Yangi bunyod etilgan ko‘prik bu muammolarga barham berish bilan birga, avtomobillar harakatining uzluksizligini va xavfsizligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Shahar qiyofasining o‘zgarishida ko‘priklarning o‘rni katta. Ekologiya nuqtai nazaridan ham bu muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, avtomobil yonilg‘isining ko‘p ishlatilishi havoni buzadi. Bir joyda transport tig‘izligi yuz bersa, boshqa joyga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘priklar ana shu muammolarni hal qilishda muhim o‘rin tutadi.

Bunyodkorlik ishlarining uzviy davomi sifatida Abdulla Qodiriy ko‘chasiga tutash ko‘chalar kengaytirildi, sobiq “Dinamo” sport do‘koni o‘rnida zamonaviy savdo majmualari qad rostladi. Shahar landshaftining ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan Anhor kanaliga tutash ko‘chalar, maydon va xiyobonlarda yashil hududlar kengaytirildi.

Prezidentimiz mazkur hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, ushbu ko‘prikda yilning to‘rt faslida ham transport vositalarining bemalol harakatlanishi uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yanada takomillashtirish, zamonaviy landshaft dizayni asosida obodonlashtirilgan hududlarni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Yurtboshimiz Abdulla Qodiriy va Sebzor ko‘chalari kesishadigan maydonda bo‘lib, bu yerda bunyod etiladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi.

Ushbu chorrahada sakkiz qatorli ikkita yo‘l kesishgan. Atrofda bank binosi, Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i, savdo majmualari, ko‘p qavatli uylar joylashgan. Shu bois bu yer hamisha gavjum, ko‘chalar serqatnov bo‘ladi.

O‘tgan asrning 70-yillarida bu maydonda tabiiy omillar hisobga olinmay, pala-partish ekib tashlangan daraxtlar bugungi kunda aholiga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Yo‘lning o‘rtasidagi bu maydondan bugun maqsadli foydalanilmayotgani, o‘rtadagi maydonning kengligi sababli binolar yo‘lga juda yaqin joylashganligi transport vositalari va piyodalar harakatlanishiga xalaqit berayotir.

Bu yerda quriladigan yangi yo‘l o‘tkazgich tirbandlikning oldini olib, aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.

Butun mamlakatimizda, jumladan, poytaxtimizda transport vositalari tobora ko‘payib bormoqda. Bu odamlarimizning turmush darajasi yuksalayotgani, el-yurtimiz yildan-yilga farovonlashayotganining isbotidir. Zero, keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham aholi turmush darajasini oshirish, manfaatlarini to‘la ta’minlashdir.

Yurtboshimiz Abdulla Qodiriy ko‘chasini kengaytirib, sakkiz tasmali yo‘lga aylantirish, mazkur hududdagi ko‘p qavatli uylarda yashayotgan aholining dam olishi uchun imkoniyat yaratish, mo‘tadil iqlimni ta’minlash maqsadida favvoralar bunyod etish kerakligini ta’kidladi.

Ko‘priklar, yo‘llar va boshqa inshootlarni qurishda nafaqat bugungi kunni, balki kelajak avlodlar manfaatlarini ham inobatga olgan holda ish tutish zarur, dedi Islom Karimov.

Davlatimiz rahbari Olmazor va Shayxontohur tumanlarida qurilgan yangi yo‘lni borib ko‘rdi. 
Yo`l.jpg
Yo‘l – iqtisodiyotning qon tomiri, muhim kommunikatsiya vositasi. Yo‘llar ravon bo‘lgan joyda hayot farovon bo‘ladi, barcha sohalar ravnaq topadi. Buni mamlakatimizda transport tizimi izchil yaxshilanayotgani, iqtisodiyot rivoji va xalqimiz farovonligi oshib borayotgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha yirik shaharlarida halqa yo‘llar qurilmoqda. Mavjudlari kengaytirilib, transport harakati va aholi uchun qulayliklar yaratilmoqda.

Poytaxtimizda yana bir yangi yo‘lning qurilishi bu boradagi ishlarning izchil davomidir. 5,1 kilometrlik bu yo‘l Olmazor tumanidagi Beruniy ko‘chasidan boshlanib, Shayxontohur tumanidagi Xurshid ko‘chasiga qadar davom etadi. Forobiy, Sag‘bon, Qorasaroy, Sebzor va Labzak kabi katta ko‘chalarni o‘zaro bog‘laydi.

Ilgari Toshkentning barcha qismida, xususan, Eski shaharda uylar, bozorlar pala-partish qurib tashlangan. Oqibatda tor, egri-bugri ko‘chalar hosil bo‘lgan. Bu transport harakatini qiyinlashtirib, haydovchi va yo‘lovchilar ortiqcha vaqt yo‘qotishiga, yoqilg‘i sarfi oshib, atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lgan.

Davlatimiz rahbari g‘oyasi va loyihasi asosida qurilgan mazkur yangi yo‘l bunday noqulayliklarni bartaraf etadi. Har bir tomoni 4 tasmali keng va ravon bu ko‘cha hududda transport harakatini yengillashtiradi.

Prezidentimiz bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, yo‘lsoz va quruvchilarning mehnatiga yuqori baho berdi.

– Eski shahar aholisi asrlar davomida shunday qiyin sharoitlarda yashab kelgan, bu muammoni hech kim o‘ylamagan, – dedi Islom Karimov. – Bu masalani atroflicha o‘rganib, Eski shaharning bosh rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, bu yerda yangi yo‘llar, ko‘priklar, zamonaviy uylar, kommunikatsiyalar barpo etiladi. Bu ishlarimizning dastlabki samarasini xalqimiz ko‘rib turibdi. Ushbu yangi yo‘l aholi uchun katta qulaylik yaratish bilan birga, Eski shaharni hamma havas qiladigan zamonaviy shaharga aylantirish borasidagi ishlarga keng yo‘l ochadi.

Yo‘l bilan parallel ravishda barcha kommunikatsiyalar va muhandislik infratuzilmasi bunyod etilgan. Kelgusida yo‘l atrofida zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy obyektlar qurilishi rejalashtirilgan. Prezidentimizning tavsiyasiga muvofiq, ko‘p qavatli uylar qurilishida shamol yo‘nalishi, quyosh nurining qanday tushishigacha hisobga olingan. Loyihaga ko‘ra, turar joylar uch va besh qavatli bo‘ladi. Chorrahalarda favvora va gulzorlar, Kalkovuz arig‘i bo‘yida sayilgoh barpo etiladi.

Prezidentimiz poytaxtimizning Eski shahar qismida istiqomat qiladigan aholining emin-erkin yashashi, mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, yo‘l chetlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Yurtboshimiz rahnamoligida navqiron avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida o‘zbek shaxmat maktabining jahondagi nufuzi tobora yuksalib bormoqda.

Bugun o‘zbek shaxmatchilari qit’a va jahon chempionatlari, jahon shaxmat olimpiadasi, Osiyo o‘yinlarida muntazam yuqori o‘rinlarni egallab, mamlakatimizda voyaga yetayotgan yosh avlod dunyoda hech kimdan kam emasligi va kam bo‘lmasligini isbotlab kelmoqda. Shaxmat bo‘yicha 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov, o‘zbek qizlari o‘rtasida birinchi xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova kabi shaxmatchilarimizni bugun butun dunyo biladi. Joriy yilning iyun oyida Gretsiyaning Kavala shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida yosh shaxmatchilarimiz Islombek va Javohir Sindorovlar ikkitadan oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlarining aql-zakovati, iste’dod va salohiyatini butun dunyoga namoyon etdi. Poytaxtimizda 12 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh shaxmatchilarimiz 6 oltin, 4 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shaxmat bo‘yicha jahon chempionlari Nodirbek Abdusattorov va Islombek Sindorov, iqtidorli shaxmatchilarimizdan Abdulbosit Sharifjonov, Oqjol Rahmatullayev, Nodirbek Yoqubboyev, Maftuna Bobomurodova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, qit’a chempioni sharafiga muyassar bo‘ldi.

Ana shunday yosh iqtidorlar safini yanada kengaytirish, yurtimizda shaxmatni izchil ommalashtirish, o‘zbek shaxmatining yorqin kelajagini ta’minlovchi iste’dodli sportchilarni tarbiyalash maqsadida Toshkentda shaxmat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabi barpo etildi.

Prezidentimiz bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
chess_center.jpg
Shaxmat kishidan yuksak aql-zakovat, sabr-matonat va iroda talab qiladigan g‘oyat murakkab sport turi. Mazkur maktab kelajakda xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir iqtidorli va iste’dodli shaxmatchilarni tarbiyalash uchun mo‘ljallangan. Bu yerda 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar darsdan bo‘sh vaqtlarida shaxmat saboqlarini o‘rganishi, o‘z mahoratini oshirishi mumkin. Mazkur inshoot o‘quv-mashg‘ulot xonalari, sport zali, oshxona kabi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan. O‘quv-mashg‘ulot xonalaridagi elektron shaxmat taxtalari xalqaro andozalarga mos. Maktabda o‘quvchilar uchun maxsus dam olish xonasi mavjud.

Bu yerda shaxmatchilarning o‘yin amaliyotidagi tajriba-mahoratini oshirish uchun shaxmat zallari barpo etilgan. Ushbu zallarda bir vaqtning o‘zida qariyb yuz nafar shaxmatchi o‘zaro bahslashishi mumkin.

Mazkur maktabga bolalar tanlov asosida saralab olinadi. Ularga tajribali, professional murabbiylar saboq beradi.

Internetga ega komputerlar bilan jihozlangan xonada o‘quvchilar chet ellik yosh shaxmatchilar bilan on-layn tizimda shaxmat bo‘yicha bellashish va o‘z tajribasini yanada oshirish imkoniga ega.

Prezidentimiz maktabda saboq oladigan o‘g‘il-qizlarning shaxmat bo‘yicha mahoratini oshirish, ularning erkin ijod qilishi uchun yanada qulay sharoit yaratish borasida zarur tavsiyalar bildirdi. Ushbu bino yonida xalqaro miqyosdagi yirik musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan, milliy ruh aks etgan yangi inshoot barpo etish lozimligini qayd etdi.

Mazkur dargohda yaratilgan keng imkoniyatlar, mashg‘ulotlarning yuqori saviyada, eng ilg‘or usullar asosida olib borilishi yosh shaxmatchilarning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishi hamda kelgusida o‘z bilimi, iste’dodu iqtidori bilan mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishga qodir sport ustalarini tarbiyalab berishi shubhasiz.

Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining yangi binosini borib ko‘rdi.
akademiya.jpg
Mamlakatimizda davlat boshqaruvini demokratlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bu boradagi tayanch ta’lim muassasasidir. Akademiyada davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, iqtisodiyotni boshqarish tizimini liberallashtirishga yo‘naltirilgan islohotlarni amalga oshirishga qodir yetuk kadrlar tayyorlanmoqda.

Akademiyada ta’lim jarayoni mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash vazifalarini, xalqaro ta’lim standartlari va talablarini, ta’limning zamonaviy shakllari va uslublarini hisobga olgan holda, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsion va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Akademiyada “Ma’naviyat va ma’rifat” hamda Axborot-resurs markazlari tashkil qilingan. Ushbu markazlar barcha zarur zamonaviy uskunalar, axborot-kommunikatsiya, telekommunikatsiya vositalari va texnologiyalari bilan jihozlangan, davlat va jamiyat boshqaruvi masalalariga bag‘ishlangan o‘quv, ilmiy va metodik adabiyotlar bilan to‘ldirilgan.

Axborot-resurs markazida akademiya xodimlari, tinglovchilari va barcha foydalanuvchilarning mustaqil ta’lim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyat yaratilgan. Markaz fondida o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi adabiyotlar, matbaa nashrlari va ularning elektron shakllari mavjud. Axborot-resurs markazi zalida Wi-Fi tarmog‘idan muntazam ravishda foydalanish mumkin. Bu yerda xorijdagi kutubxonalar elektron resurslaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Davlat boshqaruvi akademiyasi binosi zamonaviy me’morlik va texnologik talablarga muvofiq to‘liq rekonstruksiya qilindi.

Islom Karimov akademiya binosi, u yerdagi konferensiya zallari, Axborot-resurs markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, bu yerdagi ilmiy, amaliy va tashkiliy muhitni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

– Mazkur akademiya nafaqat ilm oladigan joy, balki tajriba va hayot bilan bog‘liq ta’lim dargohidir, – dedi Prezidentimiz. – Bu akademiyani bitirgan har qanday kishi davlat boshqaruviga loyiq bo‘lishi lozim. Buning uchun xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu borada rivojlangan mamlakatlar davlat boshqaruvi tizimini o‘rganish, tajriba almashish kerak.

Mazkur majmuada uchta konferensiya va katta ko‘rgazma zali, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan o‘nta zal, sport maydoni mavjud. Ular barcha zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlangan.

Akademiyaning o‘quv binosi va yotoqxonasi qulay mebel, o‘quv qurollari, komputerlar bilan jihozlangan. Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Akademiyaning Davlat va jamiyat boshqaruvi hamda Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash fakultetlarida davlat boshqaruvi va jamiyat boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha ikki yillik ta’lim dasturlari asosida boshqaruv kadrlari tayyorlanmoqda. Muassasaga qabul oliy ma’lumotga, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega nomzodlar orasidan tanlov asosida amalga oshirilayotir. Akademiyada o‘quv, metodika, ilmiy-tadqiqot hamda axborot-tahliliy faoliyatlarining barcha turlari olib boriladi. Bitiruvchilarning mehnat faoliyati va kasb o‘sishlari yuzasidan doimiy monitoring tashkil qilinib, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi kadrlarni tanlash, tarbiyalash va taqsimlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanmoqda.

Akademiya AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Singapur, Ozarbayjon kabi qator davlatlarning ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, shuningdek, BMT, OTB, YeXHT kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Tashkilot tomonidan o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarga, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning ilmiy muassasalariga amaliyot o‘tashga yuborilmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, o‘zgarish va yangilanishlar eng buyuk ne’mat – mustaqillik bergan imkoniyatlarning amaldagi samaralaridir. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida yurtimizning barcha hududlarida qad rostlagan zamonaviy inshootlar Vatanimiz yuksak iqtisodiy salohiyatining amaldagi ifodasi bo‘lib, xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29-avgust kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi