“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Ko‘nglida Vatanga muhabbat hissi sobit inson borki o‘z makoni, Ona-tuprog‘ini ulug‘laydi. Qalbdagi shu iliq tuyg‘u mudom namoyon bo‘laveradi.

Vatan – har sahar madhiyasi bilan uyg‘onadigan yurtim, osmoni musaffo, maysasi muattar bolishim, bolaligim yugurib o‘tgan ko‘chalar, bobolarim Amir Temur, Bobur Mirzo, Ulug‘bek, Hazrat Navoiy izi qolgan tuproq. Men har bir yangilik, o‘zgarishni faxr-iftixor bilan karshilaydigan, mard, jasur o‘g‘loni, bilimdon, zukko, iboli-hayoli kizi bilan faxrlanadigan jannatmonand diyot! Giyohi shifobaxsh, osmoni charog‘on ma’vo.

Hurlik istab ne-ne jadidlar otildi, olis o‘lkalarda ayozga jon berdi... Ehxe... shu erk va ozodlik uchun aziz umrini fido etgan ozmi?! Nihoyat, adolat tiklandi, bobolar duosi ijobat bo‘ldi, Istiklol guli ochildi, eng ulug‘ orzu ushaldi.

Mubolag‘asiz, O‘zbekiston dunyo xaritasida olmos gavharidek porlab turuvchi bo‘stondir. Bayramni munosib qarshilash maqsadida Qashqa vohasining olis Dehqonobod hududida, ona-qishlog‘im “Oqirtma”da bo‘ldim.

Dehqonobod... Behishtdan uzilgan bir parcha, tog‘ bilan yelkadosh, bulutga bo‘ylashgan, chavondozi dongdor, baxshisi nomdor buyuk ma’vo. Bu zaminda har faslning huzurbaxsh nafasi g‘unchadek ifor taratadi.

Subhi sodik lazzati, shu oniy lahzada ziyrak tortgan zarrin shu’la osmon-u falakni yorishtirib, dilni munavvar etadi. So‘ngra, oltin rang sochini patila-patila tarab – tovlanib, quyosh jamolini ko‘rsatadi.

Qir-adir ot uyumi dupuri, qo‘y-qo‘zi ma’rashi, qo‘ychibonning “qurey-qurey” sadosiga to‘ladi. Ana, o‘tovdan chalinayotgan do‘mbiraning yurakka yaqin sadosi quloqqa elas-elas eshitilyapti.

Ohanrabodek o‘ziga tortayotgan “Cho‘pon chertish”ni yaqinroqdan eshitish uchun o‘tov tomon yuraman.

– Assalomu alaykum! Keling, bo‘la, – deydi qabariq qo‘lini uzatib Nortoji cho‘pon.

Salom-alikdan keyin ichkari kiramiz. To‘rda Qodir baxshining zurriyodi Bahrom baxshi bo‘g‘iq ovozda “Alpomish”ni kuylayapti. Qishloqning boshqa oqinlari terma aytish uchun navbat kutib turibdi. Tinglovchilar ko‘zi jiqqa yosh.

Do‘mbira gumburlaydi. Beixtiyor ohangga mast bo‘lasiz. Ana Alpomish Qultoy chol qiyofasida Boysun-Qo‘ng‘irot elini oralayapti. Sahar-sahar uyg‘otgan, tol beshikka suyangan enajonini yo‘qlab turibdi.

“Qani, davomi nima bo‘lar ekan?” – deya, nafasingizni qaytarmay kutib qolasiz. Do‘mbira yana gumburlaydi.

…Begim o‘lsa – bekcham bor,

Jurtim egasiz bo‘lmaydi.

Norim o‘lsa – norcham bor,

Jukim jerda qolmaydi.

Alpomish qaytdi elga,

Dushman ko‘ngling kulmaydi…

Doston, termalarni eshitgach, qalbda ming sevinch bilan ozod hayot saodatini surayotgan qishloq cho‘poniga yuzlanaman. U bilan o‘zimcha suhbat qurganday bo‘laman.

– Yil barakali keldi, yaylovda o‘t mo‘l bo‘ldi, suruvdan to‘l zo‘r tushdi, – deydi xush kayfiyat bilan oqirtmalik Hasan Ro‘ziyev. – Xudoga shukur, o‘lkamizda har kuni bayram, osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch. Yaqinda “Open budget”da ham yutdik. Endi eski yo‘limiz qaytadan asfaltlanadi. Qishlog‘imizda bolalar uchun yangi stadion qurildi. O‘g‘lim poytaxtga o‘qishga kirdi.

Ha, boriga shukur qilib yashayotgan tanti el odamlarining qalbi ham o‘zi kabi beg‘ubor, sodda.

Darhaqiqat, taraqqiyot sari ildamlayotgan yurtimning buguni go‘zal, ertasi ham obod bo‘lgay. Illo, jannatmonand Mustaqil O‘zbekistonimizga aslo ko‘z tegmasin. Zero, biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

O‘tkir Alimov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozod hayot saodati yoxud ko‘ngil tubidagi javohir