“O‘zmilliybank” AJ o‘zining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bankning hududiy tarmoqlari xodimlari uchun keng qamrovli o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etmoqda. Bu tashabbus bankning kreditlash bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy metodlarni joriy qilish va biznes mijozlar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Ayni paytga qadar mazkur o‘quv mashg‘ulotlari bankning Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi hududiy bo‘limlarida bo‘lib o‘tdi. 

“O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati Bosh boshqarmasida Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari Bank tarkibiy tuzilmalari xodimlari uchun o‘tkazilgan navbatdagi 2 kunlik o‘quv mashg‘ulotida ham aynan bank hamda moliya sohasidagi yangi, zamonaviy bilimlar o‘rtoqlashildi.

– Joriy yilning 7 sentyabrida “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, – deydi Davlat dasturlarini moliyalashtirish departamenti bo‘lim boshlig‘i Bekzod Hayitboyev. – Ushbu qarorga muvofiq tadbirkorlarga kreditlar ajratish bo‘yicha muayyan talablar hamda mezonlar belgilangan. Albatta, ushbu me’yoriy hujjat orqali tashabbusli loyihalarga ega ishbilarmonlar qo‘llab-quvvatlanishi, hududlarda yangi xizmat turlari hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishi zarur. Bank xodimlaridan bu borada istiqbolli rejalar va samarador loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish talab etiladi. Bunda mutaxassislar mijozlar bilan ishlashda o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashi lozim. 

Qarorga asosan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ishlab chiqarish, sanoat, savdo, xizmatlar ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish uchun 7 yil muddatgacha, 3 yilgacha imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 300 million so‘mgacha kreditlar ajratilishi belgilanganligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘quv dasturi bankning kreditlash amaliyotida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va xodimlarning malakasini oshirishga xizmat qiladi. Bankning Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirlar kreditlash jarayonida yuzaga keladigan muammolarni samarali hal etishga ko‘maklashadi hamda mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshiradi. 

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank”AJ: ish unumdorligi xodim malakasiga bog‘liq