“O‘zmilliybank”AJ: aholi daromadlarini oshirishda doimo faolmiz
Mamlakatimizda so‘nggi uch yilda aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha bir qator moliya muassasalari, jumladan, tijorat banklari zimmasiga ham tegishli vazifalar qo‘yildi. Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining “Sayxunobod tajribasi” ni barcha hududlarda keng joriy etish bo‘yicha topshiriqlari ijrosi yuzasidan “O‘zmilliybank” AJ ga ham jami 967 ta mahalla biriktirildi. Qoraqalpog‘istonda - 38 ta, Andijonda - 51 ta, Buxoroda - 71 ta, Jizzaxda - 25 ta, Qashqadaryoda - 45 ta, Navoiyda - 50 ta, Namanganda - 91 ta, Sirdaryoda - 10 ta, Samarqandda -123 ta, Toshkent viloyatida - 87 ta, Surxondaryoda - 44 ta, Farg‘onada - 116 ta, Toshkent shahrida - 147 ta va Xorazmda - 69 ta mahallalar shular jumlasidan.
Ta’kidlash zarur, bugun tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ishbilarmonlikni keng targ‘ib qilish, shu orqali mavjud sharoitni o‘rganish hamda muammolarni bartaraf etishda “O‘zmilliybank”AJ tomonidan aniq va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, Milliybank tizimida jami 26 343 ta doimiy aylanmaga ega mijozlar mavjud. Bugungi kungacha respublika bo‘yicha 7 986 ta mijozlar bilan 132 marotaba uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda ko‘tarilgan 1 810 ta masalalardan 1 160 tasi joyida hal etilib 5 258 ta ish o‘rinlari yaratildi. May oyi yakuniga qadar 1920 ta mijozlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, jami 2 880 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Qolaversa, aholini biznesga jalb etish va shu orqali ularning daromadlarini oshirish borasida ham samarali ishlar bajrilmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ tomonidan “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaror doirasida respublika bo‘yicha jami 481 ta loyihaga 41,3 milliard so‘m kredit ajratildi. “Biznesga birinchi qadam” dasturi bo‘yicha 8 500 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga 42,4 milliard so‘m mikroqarz ajratildi. (yillik reja 100 mlrd.so‘m). Shuningdek, biznesni rivojlantirish maqsadida kichik loyihalar uchun ham kredit mablag‘lari ajratilmoqda.
“O‘zmilliybank” AJga biriktirilgan 967 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining har birida 10 tadan jami 9 670 ta mikroloyihalar shakllantirilmoqda. Bugungi kungacha bankka biriktirilgan 778 ta mahallada 2 132 ta mikroloyihalar moliyalashtirildi. Qolgan banklar biriktirilgan 189 ta mahallalar bo‘yicha may oyi yakuniga qadar moliyalashtirish choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, “O‘zmilliybank” AJga biriktirilgan barcha mahallalarda umumiy qiymati 5,2 milliard so‘m, shundan kredit 0,4 milliard so‘m bo‘lgan jami 33 ta namunali loyihalar amalga oshiriladi. Natijada, 1 388 ta kooperatsiya a’zolari ushbu loyihaga biriktirilib, 18,9 milliard so‘mlik 4318 tonna mahsulot yetishtiriladi, 1 233 ta ish o‘rni yaratiladi.
“O‘zmilliybank”AJ
Matbuot xizmati