Mamlakatimizda so‘nggi yillarda investitsiyaviy muhitni yanada barqarorlashtirish va uni rivojlantirishda tijorat banklari mas’uliyatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, samarali chora-tadbirlar ishlab chiqildi va aniq vazifalar belgilandi. Shubhasiz, mazkur jarayonda “O‘zmilliybank” AJ ham munosib ishtirok etmoqda. Bank respublikamizda ushbu yo‘nalishdagi yetakchi moliya muassasasi sifatidagi o‘rni hamda ahamiyatini tobora oshirmoqda.

"O‘zmilliybank" AJ matbuot kotibi Zebo To‘xtayevaning 2024 yilda jalb qilingan xorijiy investitsiyalar bo‘yicha  brifingda ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 
14 fevraldagi 92-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturi doirasida  “O‘zmilliybank” AJ tomonidan xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy banklardan jami  600 million AQSH dollari miqdorida xorijiy kredit mablag‘lari jalb qilingan. Mazkur mablag‘ to‘liq o‘zlashtirilgan.

Jumladan:

  • Xitoy davlat taraqqiyot bankidan – 228 million AQSH dollari; 
  • Xitoy Eksimbankidan – 160 million AQSH dollari;
  • Kommersbankdan (Germaniya) – 72 million AQSH dollari;
  • Yevrobondlar – 140 million  AQSH dollari. 

Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi kichik va o‘rta biznes sub’ektlari loyihalarini, yashil energiya, infrastruktura, transport va iqtisodiyotning boshqa muhim sohalarida davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.

“O‘zmilliybank” AJga biriktirilgan sohalarni rivojlantirish uchun jami 88,5 million AQSH dollari kredit mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish davom ettirilmoqda. Jumladan,  tekstil tarmog‘idagi loyihalar uchun 55,8 million  AQSH dollari miqdorida (poliester va viskoza qayta ishlanib aralash turdagi ip kalava ishlab chiqarish uchun 31,5 mln. AQSH dollari va mato bo‘yash uchun 24,5 mln. AQSH dollari) kredit mablag‘lari ajratildi. O‘z navbatida ushbu loyihalar ishga tushishi natijasida jami 510 ta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 82 million AQSH dollari miqdorida tekstil mahsulotlarini eksport qilish rejalashtirilgan. Xizmat ko‘rsatish (Toshkent aeroportini rekonstruksiya qilish) yo‘nalishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun 32,7 million AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 105 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Bundan tashqari, “O‘zmilliybank” AJ  iqtisodiyotning yirik va strategik ahamiyatga ega tarmoqlarini ham (288,2 mln. AQSH doll. ekv.) moliyalashtirishda ham faol ishtirok etmoqda. 

Xususan, energetika sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 220,4 million AQSH dollari (quyosh panellari orqali 500 mVt elektr energiya ishlab chiqarish hamda kogeneratsion issiqlik elektr energiyasini tashkil etish) miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Ushbu yo‘nalishdagi loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 215 ta yangi ish o‘rni tashkil etilishi hamda aholini elektr energiya bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha 716 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Tog‘-kon va metallurgiya sanoati (tog‘-kon sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish) yo‘nalishidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun 67,8 million AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Bu 225 ta ish o‘rni yaratilishi hamda 787 million AQSH dollari miqdorida eksport qilinishiga xizmat qiladi.

Bank tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar davom etmoqda.

“O‘zmilliybank” AJ 

matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ tomonidan 2024 yilda 600 million AQSH dollari miqdorida xorijiy kredit jalb qilindi