Ayni paytda viloyatlarning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarda, xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishda “O‘zmilliybank” AJ faol ishtirok etmoqda. Sog‘liqni saqlash, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, turizm va mehmonxona xizmatlari, ta’lim, transport, qurilish hamda turli ob’ektlarni rekonstruksiya qilish, IT-kommunikatsiyalar, umumiy ovqatlanish sohalari shular jumlasidan.
2023 yilda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zmilliybank” AJ tomonidan 10,4 trillion so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
Ayni damda moliyalashtirilayotgan loyihalarning asosiy yo‘nalishlari transport xizmatlari – 5,4 trillion so‘m, maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo – 3,4 trillion so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birga, joriy yilda Toshkent shahrida 9 mingta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi, 450 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
- tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi «Madi medical» – 1,2 milliard so‘m.
- mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Tosh Travel Product» MCHJ – 23,0 milliard so‘m.
- “Favorit Education” nodavlat ta’lim muassasasi – 7 milliard so‘m.
- “Xonzadoxon Savdo” bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi – 1 milliard so‘m.
Ta’kidlash joiz, yoshlar bilan ishlash, ularni biznesga jalb qilish bankning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimizning 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son farmoniga muvofiq, yangi g‘oyalarga asoslangan «Start-up» va yoshlarning biznes-loyihalari moliyalashtirildi.
2023 yilda 21 mingga yaqin yoshlarga 320 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘i, xususan tadbirkorlikni rivojlantirishga 120,7 milliard so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Shu bilan birga, yoshlarning uy-joy bilan bog‘liq masalalarini hal etish maqsadida 20,6 milliard so‘m ipoteka krediti va 178,6 milliard so‘m ta’lim krediti ajratildi.
«ROBOCODE» MCHJ yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun IT o‘quv markazi – 600 million so‘m.
Stomatologiya xizmatlari ko‘rsatuvchi «MAHMUD EVRO DENT» MCHJ – 1,0 milliard so‘m.
Sport markazi xizmatlariga ixtisoslashgan «KHIVA RED TIGERS» XK - 600 million so‘m.
Yana bir yo‘nalish - chakana biznes segmenti va jismoniy shaxslar bilan ishlash.
Qolaversa, “O‘zmilliybank” AJ chakana biznesni rivojlantirishda moliyaviy xizmatlar bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda bank aholiga 11 turdagi jozibador omonatlarni taklif etmoqda. Natijada bankdagi aholi mablag‘lari hajmi yil davomida 1,5 trillion so‘mga yetdi va 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 9,5 trillion so‘mni tashkil etdi.
Bozor talabini o‘rganish jarayonida aholining ehtiyojlarini qondirish maqsadida quyidagi turdagi kreditlar - iste’mol krediti, avtokreditlar, mikrokreditlar, overdraftlar va ta’lim kreditlari taklif etilmoqda.
Aholi zich joylashgan hududlarda bank xizmatlaridan foydalanish maqsadida mini-banklar tashkil etilib, ularda barcha turdagi chakana kreditlari berilmoqda. Jismoniy shaxslar kredit qarzdorlik holati, muntazam to‘lovlar jadvalini kuzatish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarni bankka bormasdan, «Milliy» ilovasi orqali onlayn rejimda to‘lash imkoniga ega. Shuningdek, bankning mobil ilovasi orqali onlayn mikroqarzlar olish dasturi ham ishga tushirildi.
Lo‘nda qilib aytganda, bugun bank tomonidan mijozlarga yanada keng qulaylik yaratish asosiy maqsadga aylangan. Bu esa o‘z navbatida, mijozlarning safi kengayishi hamda bankimizga bo‘lgan ishonchning ortishiga xizmat qilmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati