“O‘zmilliybank” AJ da “Welcome training” tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4503 soni Qarori ijrosini ta’minlash hamda bank tizimiga yangi qabul qilingan xodimlarni soxa bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “O‘zmilliybank” AJ Xodimlar bilan ishlash departamenti hamda O‘quv banki tashabbusi bilan joriy yilning 20-21 yanvar kunlari “Welcome training” tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ tizimida ishga yangi qabul qilingan xodimlarga bankning tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv organlari, asosiy faoliyati va maqsad vazifalari, istiqboldagi strategik rejalari, zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning ahamiyati to‘g‘risida tushuncha berildi.
Seminarni barcha tinglovchilar uchun yuqori saviyada tashkil etish maqsadida bankning respublika Bosh ofisida faoliyat olib borayotgan tajribali, yetuk mutaxassislardan iborat trenerlar jamoasi olib bordi. Tadbirda bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi filiallarida mehnat qilayotgan 177 nafar xodim ishtirok etdi.
“O‘zmilliybank” AJ Matbuot xizmati
O‘zA