Navoiy viloyati iqtisodiy ko‘rsatkichlarida ham xizmatlar sohasining ulushi ortmoqda. Mazkur yo‘nalishda viloyatda 13 mingdan ziyod korxona aynan servis sohasida faoliyat olib boradi.

Navoiy viloyati, Qiziltepa shahri, “O‘zbekiston” MFYda joylashgan “Bo`ston Gumbazi” MCHJ mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanadi.

– Aholiga sifatli mehmonxona xizmatini ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish uchun 1 milliard 195 million so‘m mablag‘ sarflaganmiz, – deydi MCHJ rahbari Og‘abek Suvonov. – Loyihani amalga oshirish uchun “O‘zmilliybank” AJ dan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘m miqdorida kredit olganmiz. Mehmonxonamiz 24 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5 kishi ish bilan ta’minlangan.

Albatta, yurtimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yildan-yilga kengaymoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda viloyatda xizmat ko‘rsatish hajmi 2,7 trillion so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 120,4 foizga yetgan. Joriy 2022 yilning birinchi chorak yakuniga ko‘ra xizmat ko‘rsatish hajmi 2 trillion 669 milliard so‘mni tashkil etgan hamda 9,7 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Yil boshidan buyon 1458 ta yangi xizmat ko‘rsatish korxonalari tashkil etilgan bo‘lsa, yil yakuniga qadar viloyatda xizmat ko‘rsatish hajmini 12,9 trillion so‘mga yetkazish hamda 24 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

A.Bo‘riyev,
S.Aslonov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: aholiga ham xizmat, ham daromad