“O‘zmetkombinat” AJda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda kombinat boshqarma boshlig‘i G‘anisher Nurmatov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil davomida korrupsiyaga oid 22 ta murojaat kelib tushgan va barchasi ko‘rib chiqilib, murojaat egalariga rasmiy javob berilgan. Shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog‘ida UMK_Anticorbot kanali ishga tushirilib, xodimlarga korrupsiya holatlari haqida tezkor xabar berish imkoniyati yaratilgan. 

Hisobot davrida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida 42 ta profilaktik tadbir o‘tkazilgan. 

Shu bilan birga, ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiq, korrupsiyaga qarshi maxsus bandlar mehnat shartnomalariga kiritilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 74 nafar xodimga ogohlantirish berildi, 106 nafar xodim ish haqining ma’lum qismidan mahrum qilindi, 78 nafar xodim ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, jami 52 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 

–Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi talablarini va tavsiyalarini amalda joriy etish ishlari bajarilib, 2024 yil 26 oktyabr kuni “O‘zmetkombinat” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi “ISO  37001:2016 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda “O‘zmetkombinat” AJda korrupsiyaga qarshi kurash orqali shaffoflik ta’minlanib, sog‘lom ish muhiti shakllantirilmoqda, – dedi boshqarma boshlig‘i.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmetkombinat”da shaffoflik ta’minlanib, sog‘lom ish muhiti shakllantirilmoqda