Yaqinda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy sahifalarida eng ko‘p moliyaviy foyda va zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati ma’lum qilingan edi. Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2022 yilni 4,34 trillion so‘m zarar bilan yakunlagani qayd etilgan.

Axborot nashrlari, OAV hamda keng jamoatchilikda bu borada noto‘g‘ri fikr shakllanmasligi uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati quyidagi izohni ma’lum qiladi:  

"Aksiyadorlik jamiyati 2022 yilni 4,34 trillion so‘m zarar bilan yakunlagani xususidagi axborot to‘g‘ri bo‘lib, buning o‘ziga xos sabablari mavjud. Gap shundaki, Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy faoliyati bo‘yicha asosiy daromadi — elektr energiyasining yagona xaridi va sotishidan shakllanadi. Ya’ni, hisobot bo‘yicha asosiy zararni mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotish hajmiga muvofiq tarzda, 2022 yildagi faoliyat yakuniga ko‘ra yalpi zarar 4,34 trillion so‘mni tashkil etgan.  

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ zarar bilan ishlashiga asosiy sabab, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 7-, 10- va 12-sonli bayonlari bilan tasdiqlangan tarmoq ichki tariflariga asosan, elektr energiyasini sotib olish (o‘rtacha 388,1 so‘m) va sotish (o‘rtacha 348,8 so‘m) narxlari orasidagi manfiy tafovut natijasida har bir kVt•soatdan 39,3 so‘m zarar evaziga hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib bergani tufaylidir. Ya’ni, Aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasini qimmat xarid qilib, arzon sotgani uchun zarar ko‘rgan.  

Misol uchun, 2023 yil 1-choragida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan jami 18,6 milliard kilovatt soat elektr energiyasi o‘rtacha QQS bilan 426,2 so‘mdan xarid qilinib, Hududiy elektr tarmoq korxonalariga 18,8 milliard kilovatt soat hajmda o‘rtacha 405,4 so‘mdan sotilgan, ya’ni har bir kilovatt soatdan 20,8 so‘mdan zarar ko‘rilgan.  

Muxtasar aytganda, Aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil uchun tasdiqlangan Biznes rejasida ham joriy yildagi faoliyati zarar bilan yakunlanishi nazarda tutilgan.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zMET" AJ joriy yildagi faoliyatini ham zarar bilan yakunlaydi