O'zLiDeP: hisobotlar tinglandi va muhokama etildi
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jo‘rabek Ko‘zibayevning 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Unda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni izchil o‘tkazish, shuningdek, “Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida ularni sport va madaniyat sohalariga keng jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Deputatlik guruhi a’zolari hisobotni chuqur muhokama qilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, uyushmagan yoshlarni to‘liq qamrab olish, ularning dolzarb muammolarini manzilli hal etish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, turli salbiy illatlarning oldini olish borasidagi amaliy taklif va tavsiyalarini ilgari surdilar.
Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni hisobga olgan holda, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan deputatlik guruhi tomonidan joylarga chiqqan holda nazorat-tahlil ishlarini davom ettirish belgilandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri