O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish: zamonaviy tendensiyalar
O‘tkirxon Baxriddinovich BAHODIROV katta o‘qituvchi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga bog‘liq jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi, ularning sodir etilish dinamikasi hamda tergov amaliyotida uchrayotgan muammolar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi statistik ma’lumotlari, xalqaro-huquqiy hujjatlar va xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Tahlil natijasida ushbu turdagi jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda raqamli texnologiyalarni joriy etish, elektron jinoyat ishi tizimini shakllantirish, maxsus moliyaviy ekspertiza institutini rivojlantirish hamda idoralararo axborot almashinuvini takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: o‘zlashtirish, rastrata, talon-toroj, iqtisodiy jinoyatlar, tergov, elektron jinoyat ishi, moliyaviy ekspertiza, sud buxgalterlari, elektron dalillar.