24-may sanasi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi va sobiq talabalar uchun ayniqsa esda qolarli kun hisoblanadi. Sababi 2018-yilda aynan mana shu sanada Unversitet tashkil etilgan. Bugun ushbu universitetning 6-yilligi keng nishonlandi.

Tadbirda hukumat vakillari, xorijiy hamkorlar, bitiruvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, OAV vakillari, professor va o‘qituvchilar, san’atkorlar va boshqalar ishtirok etishdi. Tadbir boshida universitetning bugungi kungacha erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Universitet tizimida dastlab 2018-yilda 3 ta fakultet, 2 ta kafedra bo‘lgan. 2019-yilda 5 ta kafedra, 2020-yilda 6 ta, 2021-yilda 9 ta va bugungi kunga kelib  10 ta (Ijtimoiy-gumanitar fanlar, O‘zbek tili va adabiyoti, Media nazariyasi va amaliyoti, Harbiy va sport jurnalistikasi, Xalqaro va audiovizual jurnalistika, Xorijiy tillar, Raqamli media va Internet, Mediamenejment va mediamarketing, Mediadizayn, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar) kafedralar faoliyat olib bormoqda.  

Universitet tashkil etilgan yilda 8 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 10 ta magistratura mutaxassisliklari faoliyati boshlangan, 2022-2024 o‘quv yilida 17 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 17 ta magistratura mutaxassisliklariga yetdi.  

Universitetda bugungi kunda 3355 nafar (kunduzgi bakalavriatda - 1796 nafar, magistraturada – 217 nafar, sirtqi shaklida – 1150 nafar, kechki ta’lim shaklida-192 nafar) talabalar tahsil olmoqda.

Bugungi media makon, tezkorlik bilan rivojlanayotgan davr har tomonlama professional jurnalist kadrlarni yetishtirib berishni taqozo qiladi. Bu borada qisqa muddatda bo‘lsada, qator ishlarni amalga oshirishga harakat qilinmoqda. Tadbir davomida bitiruvchilar va ustozlarni taqdirlash marosimlari o‘tkazildi, universitetning tarixi va kelajakdagi rejalari haqida so‘z bordi.  

Shu o‘rinda, universitetning kelajakdagi yutuqlari va u yetishtirgan bilimli, shijoatli jurnalistlar soni yanada ko‘payishini tilab qolamiz.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gsqygPC-OmY?si=yxCai9yBFaX30K_N" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zJOKU 6 yoshga to‘ldi (+video)