Karmana tumani aholisining 5 oyda isteʼmol qiladigan mahsulotlarining aniq hisob-kitobi ishlab chiqildi.

Jumladan, aholining isteʼmoli uchun 2154 tonna goʻsht, 7158 tonna sut, 10,6 million dona tuxum, 570 tonna baliq, 190 tonna asal, 6145 tonna sabzavot, 3231 tonna meva, 513 tonna guruch, 399 tonna dukakli don mahsulotlari zarur.

Bu mahsulotlardan kartoshka bilan guruch mahsulotidan tashqari barchasi tumanda yetishtiriladi. Bu haqida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash yuzasidan oʻtkazilgan xalq deputatlari Karmana tumani kengashi sessiyasida tuman hokimi Faxriddin Umarov maʼlum qildi.

Tumanda 7 ta tayyorlov korxonasi tomonidan 2500 tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zahirasi yaratiladi. Shundan, 1270 tonna kartoshka, 630 tonna piyoz, 350 tonna sabzi, 250 tonna guruch mahsuloti zaxirasini amalga oshirish yuzasidan barcha zaruriy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash maqsadida 7 ta 6200 tonnaga yaqin muzlatkichli sigʻimlar tayyorlab qoʻyilgan. Bundan tashqari, joriy yilning yakuniga qadar 1000 tonnalik muzlatkichli sigʻim ishga tushirilishi yuzasidan barcha choralar koʻrilgan.

Bugungi kunda tumandagi 98 ta chorvachilik fermer xoʻjaliklarida 33 ming bosh mayda shoxli mollar mavjud. Bundan tashqari, boʻrdoqichilik faoliyati bilan shugʻunlanib kelayotgan 150 dan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlarida 3 mingga yaqin chorva mollari parvarishlanmoqda.

Tumanda oziq-ovqat xavfsizligini olidini olish hamda ichki isteʼmol bozorini arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash maqsadida 2020-2022-yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan 234,2 milliard soʻmlik 63 ta loyiha manzilli dasturga kiritilgan.

Shuningdek, joriy yilda tumanda 2 ta qishloq xoʻjaligi kooperativlari tashkil etilib, ularga 100 gektar yer maydon ajratildi. Mazkur kooperativlarga 60 nafar kambagʻal va ishsiz yoshlar taʼsischi sifatida kiritilib, 132,8 million soʻm miqdorida subsidiyalar ajratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oziq-ovqat mahsulotlarining aniq hisob kitobi ishlab chiqildi
Жамият
11:48 / 26:10:2020