G‘azo shahrida HAMAS xavfsizlik kuchlari bilan Dug‘mush sulolasining qurollangan a’zolari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berib, kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu zo‘ravonlik hodisasi Isroilning yirik harbiy amaliyoti tugagandan keyingi eng yirik ichki to‘qnashuv sifatida baholanmoqda.

Guvohlar aytishicha, niqob kiyib olgan HAMAS jangchilari Dug‘mush guruhiga mansub qurollangan shaxslar bilan shahar markazidagi Iordaniya kasalxonasi yaqinida otishmaga kirishgan. HAMAS boshqaruvidagi ichki ishlar idorasi xavfsizlik bo‘linmasi jangchilarni qurshovga olib, ularga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazganini tasdiqladi.

Shifokorlar Dug‘mush oilasining 19 a’zosi va sakkiz nafar HAMAS jangchisi qurbon bo‘lganini bildirdi. Otishma Tel Al-Havo tumanida, Dug‘mush jangchilari joylashgan binoni 300 dan ziyod HAMAS askari qurshovga olgandan so‘ng boshlangan.

Otishma natijasida fuqarolar orasida vahima kuchaydi, o‘nlab oilalar uyini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. “Bu gal odamlar Isroil bombardimonidan emas, o‘z yurtdoshlaridan qochishdi,” — dedi bir guvoh.

G‘azodagi eng nufuzli sulolalardan biri — Dug‘mushlarning HAMAS bilan munosabati ko‘p yildan beri tarang. Hozir har ikki tomon bir-birini to‘qnashuvni boshlashda ayblamoqda. HAMAS kuchlari “tartibni tiklash” maqsadida harakat qilayotganini aytib, har qanday mustaqil qurolli harakatga qarshi qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Mahalliy manbalar HAMAS so‘nggi haftalarda Isroil qo‘shini chiqib ketgan hududlarda nazoratni tiklash uchun 7 000 ga yaqin xavfsizlik xodimini safarbar etgani haqida guvohlik bermoqda. Ayrim bo‘linmalar oddiy kiyimda, boshqalari G‘azo politsiyasining ko‘k rangli formasida paydo bo‘lyapti.

Hodisa G‘azoda urushdan keyingi kuchlar muvozanati hamon nozikligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zingdan chiqqan baloga… G‘azoda yana qon to‘kildi