Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida taniqli fotosuratchi, O‘zbekistonda xizmati ko‘rsatgan madaniyat xodimi Abdug‘ani Jumayevning “O‘zing mening ulug‘lardan ulug‘imsan, Vatanim!” deb nomlangan fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamkorligida O‘zbekiston xalq shoiri, marhum Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmada ijodkorlar, adabiyotshunoslar, harbiy xizmatchilar, o‘quvchi va talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Ko‘rgazma ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi va boshqalar xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, ushbu ko‘rgazmaning ahamiyati xususida so‘z yuritdi.  

[gallery-23031]

Ko‘rgazmada taniqli foto san’ati ustasi Abdug‘ani Jumayev tomonidan Muhammad Yusufning hayoti, ijodi, faoliyatiga oid turli yillarda suratga olingan  50 dan ortiq o‘ziga xos, betakror fotosuratlar namoyish etildi.  

– Ko‘rgazmadagi har bir fotosurat alohida tarixga ega, – deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Abdug‘ani Jumayev. – Men elimizning ardoqli shoiri, marhum Muhammad Yusuf bilan yigirma yildan ortiq yaqin hamkorlikda ishladim. Ana shu hamkorlik jarayonida shoirning kamtarligi, to‘g‘riso‘zligi, umuman, juda ko‘p insoniy fazilatlarini kashf etdim. Ayniqsa, u yurtni, Vatanni o‘zgacha sevar, oddiy odamlarni boshiga ko‘tarar edi.  

Maqsadim ushbu ko‘rgazma orqali yurtdoshlarimizga, andijonliklarga ana shu kamtar, betakror iste’dod va iqtidor sohibi Muhammad Yusuf haqida kengroq ma’lumotlar berish, uning ijodini targ‘ib etishdir.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QYS489p2vVg" title="“O‘zing mening ulug‘lardan ulug‘imsan, Vatanim!”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Darhaqiqat, ko‘rgazmadagi portret janrida taqdim etilgan fotosuratlarda shoir Muhammad Yusuf obrazi o‘ziga xos tarzda ochib berilgan. Ularda shoir turli holat va kayfiyatlarda gavdalanadi, fotosuratlarda shoirning haqiqiy siyrati aks etadi. Bu bilan muallif tomoshabin shuurida shoirning samimiy qiyofasini gavdalantira olgan.  

Yuqori saviyada tashkil etilgan va bir necha kun davom etadigan ushbu ko‘rgazma yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarning Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqidagi tushunchalarini boyitishga, uning ijodini, adabiyotni targ‘ib etishga xizmat qiladi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat, video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zing mening ulug‘lardan ulug‘imsan, Vatanim!” (+video)