Mamlakatimizda inson qadr-qimmatini ulug‘lab, ochiq muloqot o‘tkazishning keng yo‘lga qo‘yilgani xalqimiz o‘rtaga tashlayotgan muhim masalalarni hal etish va odamlarning bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashida o‘z samaralarini bermoqda.
Bu jarayonda aholi murojaatlari bilan ishlashning tamomila yangi tizimi joriy etilgach, joylarda katta-kichik rahbarlar ishtirokida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar aholi duch kelayotgan muammolarni tinglab, yechimini topishga xizmat qilayotgani ahamiyatli bo‘lmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabullarda ham ko‘plab xotin-qizning bandligi ta’minlangani keyingi yillarda aholi murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida yuz bergan yangilanishlarning amaldagi ifodasidir. Bunday ayollar safida “temir daftar” va “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, talabalar, yolg‘iz onalar bor.
Viloyatning Sariosiyo tumanidagi Kelajak sari mahallasida yashovchi Shohista Ergasheva taqdir taqozosi bilan turmushidan ajrashgan. Yolg‘iz ona uch nafar qizaloqni tarbiyalab, voyaga yetkazmoqda. Ayni paytda qo‘shni Tojikiston Respublikasidagi S.Ayniy nomli pedagogika universitetining boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida sirtdan o‘qimoqda.
Ikkinchi kurs talabasi. Yaqinda viloyat hokimi To‘ra Bobolovga murojaat etib, to‘lov-shartnoma asosida o‘qish va farzandlarni moddiy ta’minlashda hayot sinovlariga duch kelayotganini aytdi, ishga joylashishda yordam so‘radi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xmMQV-kbFEM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>¬–Bir necha yildan beri ishsizlikdan qiynalib kelar edim,¬ – deydi Shohista Ergasheva. – ¬O‘zim uchta qizcham bilan yolg‘iz onaman. Bir o‘zim yolg‘iz turaman. Baribir moliyaviy ishga kirmasam umuman oila boqishga qiynalar edim. Chunki, o‘zim o‘qiyman universitetda.
Kontrakt to‘layman. Keyin ikkilanib viloyat hokimiga murojaat bilan bordim. U kishi rahbar bo‘lsa, meni qabul qilarmikan, eshitarmikan, degan hadik bilan murojaat qildim. Lekin, u yerga borgach mening ikkilanishlarim tarqab ketdi. Viloyat hokimi muammolarimni eshitib, ishimni hal qilib, ishga kirishimga qisqa muddatda yordam berdi. Men bundan juda ham xursandman.
Lekin, bundan bir necha yil oldin chekka qishloqlardan kelgan fuqarolar muammolarini viloyat rahbarlari tinglamas edi. Rahbarlarni qabuliga kirish juda katta muammo edi. Uch to‘rt kunlab kutib qabuliga kirilsada muammo muammoligicha qolib ketardi. Endichi?. Endi tamoman boshqacha tizim yo‘lga qo‘yildi. Rahbarlarning o‘zi xalq ichiga kirib ularning muammolarini o‘rganmoqda. Avvalambor bu tizimni yo‘lga qo‘ygan Prezidentimizga rahmat. Hozir juda ham xursandman.
Necha yildan buyon orzu qilib yurgan ishimga joylashdim. Bundan juda xursandman. Buning uchun barcha mutasaddilarga mingdan-ming rahmat aytaman, xudo xohlasa kontraktlarimni to‘lab, o‘qishimni bitirib, uchala farzandimni ham oliy ma’lumotli qilaman, deb va’da beraman.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 928 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlashni so‘rab viloyat rahbariga murojaat etgan. Ularning 347 nafari ishga joylashtirilgan. 157 nafariga imtiyozli kredit ajratilib, bandligi ta’minlangan. Yuzga yaqini o‘zlari tanlagan kasbga o‘qitilgan. Ayni paytda bandligini ta’minlash masalasida murojaat etgan boshqa xotin-qizlarni ham ish bilan ta’minlash chorasi ko‘rilmoqda.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA