O‘zgarib borayotgan dunyo bugungi gazetalarda...
bugungi gazetalarni o‘qib, mamlakat, mintaqa va dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishasiz, dunyo o‘zgarayotganini, qaynoq jarayonlar ichida yashayotganingizni his etib turasiz.
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining «Yangicha yondashuvlar» ruknida berilgan «Orolbo‘yi: ekologik inqiroz qanday bartaraf etiladi?» sahifasida Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning mintaqadagi ekologik inqirozni bartaraf etish bo‘yicha qarashlari, Orol dengizi o‘rnida hosil bo‘lgan kengliklarda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar ko‘lami bilan tanishasiz.
"Gender tenglik, ekologiya, mahallaning «o‘sish nuqtasi», xalqaro anjuman oldidan, inson qadri va Prezident qarorlari – amalda" nomli maqolalarda islohotlar samarasi, amalga oshirilayotgan innovatsion o‘zgarishlar, bugungi kun ruhi aks etgan.
"Xalq so‘zi" gazetasining bugungi sonida «Qoraqalpoqning «tashrif qog‘ozi» maqolasini maroq bilan o‘qiysiz. «Deputatlar aholi murojaatlariga yechim topoldimi?», «Muammolar girdobida qolgan Termiz hayvonot bog‘i... Uning taqdiri mas’ullarni qiziqtirmaydimi?» maqolalari orqali xalq bilan muloqot, achchiq, ammo ochiq gaplardan voqif bo‘lasiz.
«Amaliy harakatlar rejasining ijrosi qanday?», «Mahalladagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?» maqolalari ham diqqat bilan o‘qiladi.
«Samimiy tuyg‘ular kuychisi», «Ko‘klam oyim yo‘lga chiqqan...», «Internet asri bolalari» sahifalari o‘lkamizga tashrif buyurgan bahor, jamiyat muammosiga aylanayotgan internet va yoshlar olami muammolariga bag‘ishlanadi.
“Ishonch” газетасида e’tiborni tortadigan sahifa – «1 mart – O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kun». Unda bahorni, she’riyat va adabiyot, hayotni ko‘rasiz. Ulkan qalbli shoira qalb sadolariga guvoh bo‘lasiz.
«Orolqum bahori boshlanmoqda» maqolasi ham nazardan chetda qolmaydi. Orolqumda boshlangan bahor har bir o‘zbekistonlikning qalbida bo‘y ko‘rsatayotgandek, O‘zbekistonda bahor Orol bo‘ylaridan boshlanayotgandek taassurot qoldiradi. «Javobini kutayotgan savollar» sahifasini kuzatib, muammolar yechimini topsagina, odamlarning ko‘ngli ravshan tortishini ko‘ngildan o‘tkazasiz. «Baxti kemtik farishta», «Buyuk qalb sohibasi» sahifalarida ko‘ngil kechinmalari, mehr va ehtiromni ko‘rasiz.
«Inson va qonun»ning bu galgi soni ham rang-barang. «Bugun – bahorning birinchi kuni!» sahifasi ustoz Abdulla Oripovning mashhur «Bahor shamoli» she’ri bilan boshlanadi. «1 martdan nimalar o‘zgaradi?», «Hamyonidan ayrilgan hamkor», «Aliment miqdori qanday belgilanadi?» kabi maqolalarda siz va biz bilishimiz va e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan jihatlar bor. «ICHKARIDA Halima Xudoyberdiyeva bor...», «Kuch va adolat», “ Mirzo Ulug‘bek adolati» kabi maqolalarda bugungi zamon odami ichki olami va o‘tmishdan kelayotgan saboqlar sadosini eshitasiz.
bugungi gazetalarni mutolaa qiling.
A.Narzulloyev, O‘zA