Ma’lumki, davlatimiz rahbari 2024 yil 5 avgust kuni “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Xo‘sh, ushbu qonun qanday tartibda tatbiq qilinadi? Huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari qanday, ushbu jarayon qanday tashkil etiladi? 

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Qurbonov bilan suhbat shular xususida bo‘ldi.

–Qonun qaysi turdagi yer uchastkalari va ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan tatbiq etiladi?

– Ushbu qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun quyidagilarga tatbiq etiladi. Xususan, 2018 yil 1 may kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga, 2018 yil 1 may kuniga qadar fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident yuridik shaxslar tomonidan hujjatlarda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga tatbiq etiladi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (oldingi aksiya doirasida jarayonda qolgan)ga asosan tashkil etilgan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari tomonidan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin, deb topilgan holatlarga, 2021 yil 8 iyun kuniga qadar hokimlar qarori bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan, ammo viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlash masalasi o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.

Qolaversa, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga, 2020 yil 9 martga qadar kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarining bino va inshootlari (yoki ularning qismlari) joylashgan yer uchastkasiga, xususiylashtirilgan bino va inshootlar egallagan yer uchastkasiga,  fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk huquqi e’tirof etilgan bino va inshootlari hamda yakka tartibdagi uy-joylari egallagan yer uchastkasiga qo‘llaniladi.

Shuni unutmaslik lozimki, ushbu qonunning 1-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer uchastkalariga mazkur qonunda nazarda tutilgan asoslarda va tartibda faqat ijara huquqi, ularda qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi. Bunda ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun to‘qson to‘qqiz yil, boshqa yer uchastkalari uchun qirq to‘qqiz yil etib belgilanadi.

– O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari  hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari qanday?

 Ushbu yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga chiqarilmagan bo‘lishi, ushbu yer uchastkasidan foydalanishda nizoli holat mavjud bo‘lmasligi, mazkur yer uchastkasi uchun yer hamda mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi kerak. Muhofaza etiladigan hududlarda joylashmagan bo‘lishi, shuningdek, har bir kategoriyaga mos boshqa shartlar mavjud.

–Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun yer uchastkasi qanday o‘lchamlarda bo‘lishi lozim?

–Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi, 1998 yil 1 iyulga qadar egallangan yer uchastkasi uchun – barcha hududlarda 24 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda, 1998 yil 1 iyuldan — 2018  yil 1 mayga qadar egallangan yer uchastkasi uchun – Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 6 sotixdan, qolgan hududlarda 12 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamlarda e’tirof etiladi.

–Huquqlarni e’tirof etish qanday tartibda tashkil etiladi, ushbu jarayonda qaysi davlat organlari ishtirok etadi?

Kadastr agentligi elektron axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritadi. Vakolatli organlar ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, zarur ma’lumotlarni tizimga kiritadi. To‘plangan barcha hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi tizim orqali hududiy adliya boshqarmalari tomonidan o‘rganib chiqiladi va xulosa beriladi. Ijobiy xulosa berilgan fuqarolarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish uchun SMS-xabarnoma yuboriladi.

Yodda tutish lozimki, (bunda fuqarolar ariza berishi talab etilmaydi) huquqlarni e’tirof etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Ushbu qonunga muvofiq yer uchastkalariga ijara huquqi e’tirof etilishi lozim bo‘lgan yer uchastkasi aholi punktlarining (shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari yoki sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifalariga kirmagan taqdirda ham ushbu yer uchastkasiga ijara huquqi e’tirof etilishiga yo‘l qo‘yiladi, bundan sug‘oriladigan yer uchastkalari mustasno.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich inventarizasiya qilish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi. Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e’lon qilinadi. Huquqlarni e’tirof etish jarayonidagi ma’lumotlar rasmiy axborot manbalarida e’lon qilib boriladi. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan har bir mahallada jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. Jamoatchilik guruhiga mahallalarda joylashgan okrugdan saylangan tuman Kengashi deputati, mahalla raisi, har 100 nafar oiladan kamida 1 nafardan fuqarolar kiritiladi. Prokuratura, ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kadastr va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari huquqlarni e’tirof etish chog‘idagi davlat nazoratini amalga oshiradi.

–Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovlar ham belgilangan. Ushbu to‘lov miqdorlari haqida ham ma’lumot bersangiz.

Undiriladigan bir martalik to‘lovlar miqdori Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, Nukus shahri va viloyat markazlarida BHM ning 3 baravari, viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda BHM ning 2 baravari, boshqa aholi punktlarida BHM ning 1 baravari miqdorida belgilangan.

Hujjatda ko‘rsatilganidan ortiqcha egallangan yerlar va tijorat maqsadlari uchun ajratilgan yerlarda bozor qiymatida to‘lovlar undirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bunda I va II guruh nogironlari, hamda avvalgi shu mazmundagi qaror bo‘yicha yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

Fuqarolarga tegishli bo‘lgan, yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi e’tirof etilganda yer uchastkasi aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga o‘tkazilishi munosabati bilan fuqarolardan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar undirilmaydi.

Yana bir masalaga e’tibor qaratish lozimki, Yer uchastkasiga ijara huquqi va bino inshootlarga mulk huquqi e’tirof etilganidan so‘ng, ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonuniga asosan hamda Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga ko‘ra o‘z tartibida to‘lov undiriladi.

–Huquqlar e’tirof etilmagan taqdirda, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini qaytarish tartibi qanday?

Ushbu qonunga muvofiq huquqlari e’tirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog‘liq qonunbuzilishlarini bartaraf etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi  hamda 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni e’tirof etishning asosiy shartlari qanday?