Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 5 avgust kuni imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun asosida 2024 yil 8 noyabrdan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini aniqlash bo‘yicha xatlov boshlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Samarqand viloyatida huquqiy hujjatlari yo‘q yoki to‘liq bo‘lmagan 487 mingdan ortiq yer uchastkasi mavjud. 

– Bu yer uchastkalarining har biri o‘rtacha 3-4 nafardan fuqaro va tadbirkor hayoti, faoliyatiga daxldor bo‘lsa, demak bu galgi huquqlarni e’tirof etishda 1,5 milliondan ziyod aholining muammosi hal bo‘lishi mumkin, – deydi kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yashnar Davronov. – Endi ular yillar davomida o‘zlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarni qonuniylashtirib olishi mumkin bo‘ladi. Ammo jarayon tez va birdaniga amalga oshib qolmaydi, uch yil davom etadi. Qonun bilan hujjatsiz yer va bino-inshootlarni qonuniylashtirishning tartib-tamoyillari belgilangan. 

Huquqni e’tirof etishning asosiy shartlari sifatida yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmaganligi yoki auksionga chiqarilmaganligi, yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi, yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi, muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi, bosh reja talablariga zid emasligi belgilangan.

Qonun kuchga kirgunga qadar kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida davlat organlarining o‘zi joylarga chiqib, hujjatsiz yer uchastkalari va uy-joylarni o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. Ya’ni aholi bu masalada biror joyga murojaat qilishi yoki ariza berishi shart emas. Hammasi tartib asosida, belgilangan vaqtda olib boriladi. 

Qonun bilan yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi 1998 yil 1 iyulga qadar egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha, 1998 yil 1 iyuldan 2018 yil 1 mayga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmgacha e’tirof etiladi. Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

Fuqarolarning hech bir davlat organiga murojaat qilishi talab qilinmaydi. Barchasini davlat organlari bir necha bosqichda amalga oshiradi. 

Prokuratura, ichki ishlar, agroinspeksiya, ekologiya, kadastr organlari qonunni amalga oshirishda davlat nazoratini o‘rnatadi. Xalq deputatlari tuman Kengashlari qarori bilan har bir mahallada jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. 

Turar joylar, xususiylashtirilgan yoki mulk huquqi e’tirof etilgan bino va inshootlar ostidagi yer uchastkalariga huquqlarni e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov miqdorlari Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravari, Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari, viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari, boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari miqdorida belgilangan. 

Qonun bilan I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari bo‘yicha xatlov boshlandi