Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan joriy yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi paytlarda o‘zboshimcha egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylar hamda ularni qonuniylashtirish masalasi dolzarb mavzuga aylandi.  

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 8 oyida jami 4 ming 182 holatda 995,4 gektarda huquqbuzarlik holatlari aniqlangan, shundan 1 ming 116 ta holatda yer qonunbuzilishi holatlari joyining o‘zida bartaraf qilingan.  

Tahlil natijalari esa joriy yilda huquqbuzarliklar soni o‘tgan yilga nisbatan ortganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, Bo‘stonliq tumanida 161 taga, Zangiota tumanida 119 taga, Yangiyo‘l tumanida 140 taga ko‘p huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.  

Aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 172 ta holatda to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi, shundan 115 ta holatda yer qonunbuzilish holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

[gallery-19419]

Yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 1 ming 967 ta holatda, ya’ni 134 gektar yer maydonidagi huquqbuzarliklar yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.  

Shuningdek, 102 ta yerlardan maqsadsiz foydalanish holati aniqlangan. Holat bo‘yicha hokimliklarga taqdimnomalar kiritilib, shundan 80 ta holatda 805 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlangan.  

Shuni ta’kidlash joizki, ayni kunlarda “O‘zboshichalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni aholi orasida noto‘g‘ri talqin qilinib, yerga oid huquqbuzarliklar qasddan sodir etilmoqda. Qonun doirasida hujjatlarni rasmiylashtirib olish maqsadida yerlarni o‘zboshimcha egallash, noqonuniy qurilmalar qurish holatlari ayniqsa, poytaxtga yaqin hududlar, Zangiota, Yangiyo‘l, Qibray va Bo‘stonliq tumanlarida aniqlanmoqda.  

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, Toshkent viloyatida joriy yil 1 avgust holatiga 792 mingta ko‘chmas mulk ob’ektlari hisobga olingan. Xatlov natijalariga ko‘ra, mazkur qonun 28 ming gektar yer maydonida qurilgan 334 mingta ko‘chmas mulkka nisbatan tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda.  

Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida poytaxtimiz hududida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2 ming 114 ta holatda 55,2 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlanib, berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 862 ta holatda 9,2 gektar yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. 1 ming 10 ta holat yuzasidan sud organlariga da’vo arizalari kiritildi.  

Sergeli tumanida aniqlangan 226 ta (15 gektar) yer qonunbuzilish holatidan 78 tasi (1,07 gektar), Mirzo Ulug‘bek tumanida aniqlangan 218 ta (3,35 gektar) holatning 81 tasi (0,73 gektar) olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilgan.  

Hisobot davrida Toshkent shahrida yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan 1 ming 107 nafar shaxsga ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi. 635 nafar shaxs huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgani sababli javobgarlikdan ozod qilindi. 345 ta holat bo‘yicha ma’muriy ishlar ko‘rib chiqilmoqda. 20 ta holatda ma’muriy ish hujjatlari ma’muriy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va boshqa vakolatli organlarga yuborilgan.  

Bugungi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik, umuman, mamlakatimizda yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etishda davlat nazoratini amalga oshirishda Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan samarali foydalanilmoqda.  

Mazkur dastur yordamida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, huquqbuzarliklarni bartaraf etish muddati qisqardi va idoralararo hujjat almashish tezkorligi oshirildi. U shuningdek, mutaxassislarga yer holatini kosmik suratlar yordamida nazorat qilib borish, noqonuniy qurilish yoki qurilishdagi qonunbuzarliklarni erta aniqlash imkonini bermoqda.  

Shuningdek, joriy yilning 1 mart sanasidan e’tiboran Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Planshetdan foydalanib, yer qonunbuzarligini joyining o‘zida elektron rasmiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada mazkur qurilma orqali yer qonunbuzarlarining shaxsiga aniqlik kiritilib, elektron ko‘rinishda ma’muriy bayonnomani o‘sha joyning o‘zida rasmiylashtirish imkoni yaratildi.  

Sh.Mamaturopova,

O.Pardayev (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilmoqda