Yashab turgan uyining hujjatlari to‘liq bo‘lmagan yoki uzoq yillardan buyon mulk huquqini rasmiylashtira olmasdan yurgan yurtdoshlarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini mustahkamlash, bu boradagi muammolarga yechim topish dolzarb masalalaridan biri edi.

– Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 5 avgust kuni imzolangan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun orqali endilikda fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan hujjatlarni qo‘lga kiritishlari mumkin, – deydi Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Ro‘ziqulov sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilar ekan. – O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino inshootlar ishlab chiqilgan reja-jadvalga asosan amalga oshiriladi va ushbu reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanib, jamoatchilikka OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi.

– Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xo‘sh reja-jadval tasdiqlangandan so‘ng, fuqarolar kimga yoki qaysi idoralarga murojaat qilishi kerak?

– Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastr idoralariga yoki boshqa bir davlat idoralariga murojaat qilishlari shart emas. Qonunga asosan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino inshootlar Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga muvofiq vakolatli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan mahallama-mahalla, kerak bo‘lsa, uyma-uy yurib xatlovdan o‘tkaziladi va axborot tizimiga kiritiladi. Bunda fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklarsiz qaysidir davlat idoralariga murojaat qilishlari talab etilmaydi.

Huquqlarni e’tirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan Kadastr agentligi avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi ma’lumotlarni kiritadi.

10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, "O‘zbekkosmos" agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi ma’lumotlarni tizimga kiritadi. Tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda e’lon qilinadi. To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi. Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashi qarori bilan huquqlar e’tirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).

Qayd etish kerak, ushbu qonun imzolangandan so‘ng aholi orasida uni noto‘g‘ri talqin qilish holatlari ham uchrab turibdi. Ya’ni ayrim uddaburonlar qonun chiqdi, endi yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish qilsam, uni 10-15 yil oldin qurganman, desam, qo‘shimchasiga bir ikkita guvohlarni gaplashib olsam,  qonuniylashtirib olaman, deb o‘ylashmoqda.

Ushbu harakatlar noto‘g‘ri. Qonunda ko‘chmas mulklarga nisbatan huquqlar e’tirof etish 2018 yil 1 mayga qadar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi hamda unga qurilgan bino-inshootlarga nisbatan tatbiq etilgan va ushbu qo‘shimcha egallangan bino va inshootlarni ko‘rib berish masalasi "O‘zbekkosmos" agentligi zimmasiga yuklatilgan.

"O‘zbekkosmos" agentligi sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali 2005, 2010, 2018 yillarga qaytib, o‘sha yerda bino va inshootlar mavjud bo‘lganmi, yer uchastkalaridan foydalanilganmi yoki yo‘q, tekshiradi va ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimga kiritadi.

Bunda yuqorida aytganimizdek, ayrim uddaburon shaxslar mazkur ishlari bilan faqat o‘zlarini aldashlari mumkin. Qonunchiligimizga asosan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan ma’muriy javobgarlikdan tortib jinoiy javobgarlikkacha jazolar belgilab qo‘yilgan.

Marhabo HOJIAKBAROVA,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini aniqlash ishlari qanday tashkil etiladi?