O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer aniqlandi
Buxoro viloyatining ikkita tumanida ekin yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro va Kogon tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi.
Natijada fuqarolar I.Q. va I.X. “Xumin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi jami 12 sotix zaxiradagi sug‘oriladigan ekin yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlandi. Ular yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlagan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA