“O‘zbekneftgaz” AJ Rossiyaning “VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasi bilan birgalikda uglevodorodlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish masalasi ustida ish olib bormoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyatining Moskvaga tashrifi doirasida “VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyati va samaradorligi xususida so‘z yuritdi.

Aytish joizki, Rossiyaning yuqori texnologik mahsulotlarini yetkazib berishni moliyalashtirish, “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashga qaratilgan xizmatlarni ko‘rsatish uchun kredit liniyasining ochilishi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishidagi birinchi qadam edi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelishilgan maqsadlarni amalga oshirishning keyingi qadamlari va belgilangan muddatlari to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumni imzoladi.

Memorandum O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni ko‘paytirish dasturini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Loyihaning maqsadi mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va aholisini yetarli miqdorda energiya resurslari bilan ta’minlashdan iborat. Memorandum 650 million dollar miqdorida kredit liniya ajratish bo‘yicha indikativ shartlarni kelishish uchun imzolandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, “VEB.RF” – bu Rossiya Federatsiyasining Davlat rivojlanish korporatsiyasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi Rossiyaning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishdir. “VEB.RF” tijorat banklari bilan hamkorlikda infratuzilmani, sanoatni, ijtimoiy sohani rivojlantirish, texnologik salohiyatni mustahkamlash va odamlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan yirik loyihalarni moliyalashtiradi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekneftgaz” va Rossiyaning “VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasi o‘rtasida 650 million dollarlik o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi