Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi. Unda yozilishicha, davlatimiz rahbarining 2025 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkilot bosqichma-bosqich yuqori oktanli (AI-92) avtobenzin ishlab chiqarishga o‘tmoqda.

Farmonga ko‘ra, sentyabrdan boshlab birja savdolariga faqat yuqori oktanli benzin joylashtirilishi belgilangan. Shunga asosan, “O‘zbekneftgaz” AJ 2025 yil 2 sentyabrdan boshlab AI-80 benzini sotilishini to‘xtatdi. O‘rniga AI-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolaridagi hajmlari oshirildi. 

Agar ilgari 1000 tonna AI-92 benzini birja savdosiga qo‘yilgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu miqdor 1720 tonnaga yetgan. Ichki bozor talabidan kelib chiqib, hajmlarni yanada oshirish imkoniyati mavjudligi qayd etilmoqda. 

Shuningdek, joriy avgust oyida tadbirkor-iste’molchilar tomonidan sotib olingan AI-80 benzini sentyabr oyida ham mavjud qoldiqlar va majburiyatlar asosida o‘z egalariga yetkazib beriladi. 

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekneftgaz” AJ 2 sentyabrdan boshlab AI-80 benzini sotilishini to‘xtatdi