Yangi tahrirda Fuqarolik kodeksi tayorlangani O‘zbekiston huquqiy olamida katta xodisa hisoblanadi.

 Bu kodeks dunyoning istalgan mamlakatida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga imkon beradi. 

Fuqarolik kodeksining loyihasi Ishchi guruh tomonidan tayyorlanib, loyihani takomillashtirish ishlari Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat institutida amalga oshirildi. 

Kodeks loyihasida intellektual mulk huquqiga oid bir qancha yangi normalar kiritildi. Shu o‘rinda aytish joizki intellektual mulk davlat va jamiyat uchun katta ahamiyatga ega. Bu soha yangi ishlanmalar, ijod namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat na’munalar, nou-xaular, dasturiy mahsulotlar va boshqalardan iborat bo‘lib nafaqat fuqarolik qonunchiligi, balki ko‘plab maxsus qonunlar va qonun osti hujjatlar bilan ham tartibga solinadi. Xususan  intellektual mulk huquqini himoya qilish sohasida 60 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 

Fuqarolik kodeksi loyihasining ishchi guruhi tomonidan xorijiy mamlakatlar qonunchiligining sohaga oid tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, mamlakatimizdagi intellektual mulk huquqiga sohasidagi mavjud holatdan kelib chiqib loyihaga intellektual mulk huquqiga oid yangi normalarni kiritish taklifi berildi.

Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksida intelektual mulk huquqiga oid qoidalarga qanday o‘zgartirishlar kiritilmoqda?

Fuqarolik Kodeksining yangi tahrirdagi loyihasining IV-bo‘limi Intellektual mulk huquqiga oid bo‘lib umumiy qoidalar, intellektual faoliyat natijalari yoki shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha litsenziya shartnomalari to‘g‘risidagi boblardan tashkil topgan. 

Intellektual mulk huquqiga oid bo‘limiga quyidagi yangi normalar kiritildi:

birinchidan, intellektual mulk huquq tushunchasi kiritildi. Unda intellekul mulkning mohiyati, asosiy belgilari, boshqa o‘xshash kategoriyalardan asosiy farqi o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ushbu normani shakllantirishda Ukraina Fuqarolik kodeksining 418-moddasi mazmunidan xorijiy tajriba sifatida foydalanilgan;

ikkinchidan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, Iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt normalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan intellektual faoliyat erkinligi to‘g‘risidagi norma kiritilib, unda intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish xar bir fuqaro huquq layoqatining ajralmas qismi ekanligi, har kimga ilmiy ijod erkinligi kafolatlanishi, ilmiy ijodiy fikrlarni to‘g‘riligi yoki noto‘g‘riligi oldindan belgilab qo‘yilishi mumkin emasligi, intellektual faoliyat va uning natijalariga afzallik berilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida muayyan sub’ektlarga muayyan faoliyat natijalariga, muayyan faoliyatga nisbatan imtiyozlar va afzalliklar berish amaliyoti mavjud. Masalan, Mehnat kodeksida shtatlar qisqarganda ishda qolishda afzallik berish asoslari yohud davlat iqtisodiy siyosatida importga nisbatan eksportga afzalliklar berish tizimi mavjud. Binobarin, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ilm-fan, innovatsiya jarayoni mamlakatimiz taraqqiyotini belgilovchi omildir. Shu sababli ham intellektual faoliyat va uning natijalariga nisbatan boshqa faoliyat uning natijalariga qaraganda imtiyoz va afzalliklar berish mantiqiy asosga ega;

uchinchidan, intellektual mulk ob’ektlari turlari kengaytirildi. Xususan integral mikrosxemalar topologiyalari, tijorat siri, sun’iy intellekt asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ob’ektlar, ratsionalizatorlik yechimlari, geografik ko‘rsatkichlar kiritildi. 

bugungi kunda sun’iy intellekt intellektual mulkning alohida ob’ekti sifatida butun dunyo huquq tizimida o‘z mujassamini topmoqda. Sun’iy intellekt intellektual mulk ob’ekti sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:

1) u murakkab tarkibli ob’ekt hisoblanadi. Uni tarkibini tashkil etuvchi ilmiy ishlanmalar, ixtirolar, foydali modellar, sanoat na’munalar, nou-xaular, dasturiy mahsulotlar va boshqalardan iborat.

2) sun’iy intellekt o‘zini-o‘zi mustaqil ravishda rivojlantiruvchi insonga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil ravishda mavjud bo‘la oladigan sub’ekt shu ma’noda u aqliy qobiliyati o‘ta yuqori ijodiy faoliyat sub’ekti hisoblanadi. O‘z-o‘zidan sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ijodiy faoliyat natijalari kimga tegishli bo‘lishi to‘g‘risida ham masalalar vujudga keladi.

3) sun’iy intellekt aqliy qobiliyat bilan birgalikda muayyan his-tuyg‘ular emotsional sigmentlar asosida faoliyat yuritishi ham mumkin. 

Shu vaqtga qadar sun’iy intellekt manfaatga va erk–irodaga ega emas. Shu sababli ham huquq sub’ekti hisoblanmaydi degan konseptual g‘oya to‘g‘ridek bo‘lib ko‘ringan edi. Biroq bugungi kunda xorijiy mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, yuksak aql va his-to‘yg‘ular o‘zaro uyg‘unlikda o‘zini anglashni o‘z manfaatlarini shakllantirishni va shu yo‘lda qat’iy tizimli say-harakatlarni amalga oshirish mexanizmi negizida yotuvchi erk-irodani vujuda keltiradi. Shu sababli ham sun’iy intellekt insonning qat’iy nazoratida faoliyat yurituvchi maxsus ob’ekt bo‘lishi lozim. Bunday maxsus ob’ekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. Yuqorida ta’kidlanganidek, uning tarkibida nou-xau, oshkor etilmagan axborotlar ishtirok etishi mumkin. Sun’iy intellekt ustidan nazorat uni yaratuvchisi, foydalanuvchisi zimmasiga yuklatilishdan tashqari ulardan mustaqil ravishda maxsus nazorat tizimi ham bo‘lishi lozim. Ushbu tizim to‘laqonli samari ishlashi uchun sun’iy intellekt asosini tashkil etuvchi barcha tarkibiy qismlar, shu jumladan nou-xau bilan tanishuvga imkon berilishi shart. Bu holat sun’iy intellekt huquqiy rejimini belgilovchi qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topishi lozim.

4) sun’iy intellekt oshirilgan xavf manbai hisoblanadi va bu holat o‘z ifodasini topishi lozim.

Yangilik darajasi lokal bo‘lgan muayyan korxona doirasida foydalanadigan ijodiy faoliyat natijasi bo‘lib hisoblanadi. Ratsionalizatorlik takliflarini huquqiy muhofazasi bo‘yicha mahsus nizom mavjud.  Ratsionalizatorlik yechimini intellektula mulk ob’ekti sifatida mustahkamlanishi oddiy hodimlarni o‘z mehnat faoliyatiga ijodiy kreativ yondashuvini ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida 1991 yilda qabul qilingan, Belorussiya Respublikasida 2010 yilda qabul qilingan ratsionalizatorlik to‘g‘risida maxsus nizomlar mavjud. 

Loyiha geografik ko‘rsatkichlar deb nomlangan yangi intellektual mulk ob’ekti bilan to‘ldirilmoqda.  Mazkur ob’ekt muayyan jo‘g‘rofiy hududdan kelib chiqadigan va asosan kelib chiqqan joy bilan bog‘liq bo‘lgan alohida xususiyatlari, obro‘si yoki o‘ziga xos omillariga ega bo‘lgan  tovarlarda aks etadigan belgi sifatida namoyon bo‘ladi. 

Geografik ko‘rsatkichlarning huquqiy muhofazasi xalqaro shartnomalar, shuningdek milliy qonunlar bilan amalga oshiriladi. Tegishli qonunlarni qabul qilish Intellektual mulk huquqining savdo jihatlari bo‘yicha bitim (TRIPS)da   nazarda tutilgan. TRIPS xalqaro shartnoma bo‘lib, JSTni tashkil etish haqidagi hujjatlar toifasiga kiradi. Geografik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladigan qonunlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Azarbayjon, Armaniston, Belarusiya, Gruziya, Kozog‘iston, Moldova, Rossiya va Ukraina kabi davlatlarda qabul qilingan. 

Shuningdek, so‘nggi qism xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinishi to‘g‘risidagi norma bilan to‘ldirilmoqda. bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga bayonnoma (1989 yil 27 iyun) va Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (Vashington, 1970 yil 19 iyun)larning ishtirokchisi hisoblanadi. Ushbu xalqaro shartnomalar doirasida huquqiy muhofaza (tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, ixtirolar) O‘zbekiston hududida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish orqali beriladi;

to‘rtinchidan, intellektual mulk huquqining sub’ektlari tushunchasi kiritildi. Intellektual mulk huquqi ob’ektining yaratuvchisi (yaratuvchilari) (muallif, ijrochi, ixtirochi va boshqalar) va  qonun yoki shartnomaga muvofiq shaxsiy nomulkiy va (yoki) mulkiy huquqlar tegishli bo‘lgan boshqa shaxslar intellektual mulk huquqining sub’ektlari hisoblanadi. Intellektual mulk ob’ektlari o‘zini yaratuvchilari, foydalanuvchilari bo‘yicha farqlanadi. Yaratuvchilar mulkiy huquqlardan tashqari shaxsiy huquqlarga ega bo‘ladilar va alohida huquqiy maqom e’tirof etiladi. Mualliflikka bo‘lgan huquq yaratuvchining asosiy huquqi hisoblanadi. Intellektual mulkning fuqarolik muomalasida bo‘lishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning ko‘pchilik ishtirokchilari o‘z huquq-majburiyatlari hajmi bo‘yicha intellektual mulk huquqining sub’ekti sifatida maxsus e’tirof etishga loyiq. Bu xorijiy davlatlar fuqarolik kodeklarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Ukraina Fuqarolik kodeksi 421-moddasida bu to‘g‘risida maxsus norma mavjud.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki yangi tahrirdagi Fuqarolik  Kodeksiga kiritilgan intellektual mulk huquqiga talluqli yangi huquqiy institutlar va normalar amaliyotga joriy etilganda fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlar va kolliziyalarni bartaraf etadi. 

Dildora Anvarova,

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot 

instituti bosh maslahatchisi

(Mazkur maqola Ishchi guruhining tahlil va takliflari asosida tayyorlandi)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksida intellektual mulk huquqiga oid yangiliklar