2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston YAIM 5,8 foizga oshib, 162,8 trillion so‘mni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi joriy yil birinchi choragida yalpi ichki mahsulot 5,8 foizga oshganini ma’lum qildi. 

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trillion so‘mni tashkil etdi. 

2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o‘sdi. 

2022 yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 million 604,6 ming so‘m (420 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 foizga o‘sdi. 

O‘zA
 
Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 5,8 foizga oshdi