Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, 2021 yilda O‘zbekiston uchun ustuvor hisoblangan Statistik salohiyat indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi, Global innovatsion indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari kabi bir qator xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilandi. Xususan, Jahon bankining Statistik salohiyat indeksida O‘zbekiston 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 16 pog‘onaga ko‘tarilib, 146 ta mamlakat orasida 61-o‘rinni (2019 yilda – 76-o‘rin) egalladi.

Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Huquq ustuvorligi indeksining 2021 yilgi nashrida O‘zbekiston 14 pog‘ona ko‘tarilgan. O‘zbekiston uchun berilgan baholar 4,1 foizga oshib, bu borada eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi.

Global innovatsion indeksida O‘zbekiston 2021 yilda o‘tgan yilga nisbatan 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 132 ta davlat orasida 86 o‘rinni egalladi, shu sababli eng katta pog‘ona yuqorilagan mamlakatlar top 10 taligiga kirdi.

Pandemiya davrida respublikamiz aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimining yaratilishi, jamiyatda faol fuqarolik tashabbuslarining ko‘rsatilishi Jahon xayriya indeksida O‘zbekiston 114 ta mamlakat orasida 2018 yildagi 53-o‘rindan 2021 yilda 29-o‘ringa ko‘tarilib (deyarli ikki baravar), top-30 talikka kirdi.

Umuman olganda, so‘nggi besh yilda mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fiskal va tashqi xatarlarni kamaytirish borasida olib borilgan islohotlar natijasida ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid xalqaro reytinglarda 156 ta mamlakat ichida O‘zbekiston 88-o‘rinni egalladi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining III chorakdagi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Unda ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishish bo‘yicha kelgusidagi rejalar xususida fikr yuritildi.

Xususan, mamlakatimizda huquq ustuvorligi va sud mustaqilligini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish va investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish, yuqori texnologiyalar ishlab chiqarish hajmini oshirish, statistika tizimini takomillashtirish borasida Respublika kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish, bunda mamlakatimizda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida Biznes indikator natijalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari majlislarida mas’ul rahbarlarning hisobotlarini eshitib, hududda biznes muhitini yanada yaxshilash choralarini ko‘rib borish tavsiya etildi.

Yig‘ilishda mas’ul vazirlik va idoralar axboroti eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika kengashiga tegishli takliflar kiritilishi vazifasi qo‘yildi.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday?