Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2025 yil 30 avgust – 3 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoy davlatida bo‘ldi. Ushbu safar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

Davlavtimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisi va “SHHT plyus” sammitida ishtirok etishni o‘z ichiga oldi. Shuningdek, Prezidentimiz Pekinda Xitoy rahbariyati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi, Ikkinchi jahon urushida Xitoy xalqining yapon militaristlari ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.

Shu o‘rinda men Prezidentimizning Xitoyga tashrifi ta’lim, ilmiy-texnik va madaniy sohalarda keng imkoniyatlar eshigini ochganligi xususida alohida to‘xtalmoqchiman. 

Ushbu tashrif O‘zbekistonning global maydondagi pozitsiyasini yanada mustahkamladi. SHHT sammitida xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, “yashil” sanoat, energetika va turizm kabi sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Tyanszin deklaratsiyasi va boshqa qo‘shma hujjatlar qabul qilindi, bu hujjatlar ta’lim sohasida halqaro hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlarga keng yo‘l ochdi. Xususan, raqamli iqtisodiyot va “yashil” texnologiyalar kabi sohalarda Xitoyning ilg‘or tajribasi Andijon davlat universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘ladi.

Prezidentimiz safar doirasida 2 sentyabr kuni Pekinda o‘tkazilgan muzokaralar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ushbu uchrashuvlarda ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, universitetlar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Andijon davlat universiteti ham Xitoy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik orqali ta’lim sifatini oshirishdan manfaatdordir.

Xitoyning sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari va muhandislik sohasidagi tajribasi O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun muhim tajriba maydoni hisoblanadi. Prezident tashrifi doirasida Xitoy kompaniyalari bilan tuzilgan kelishuvlar yangi ish o‘rinlari yaratish va zamonaviy infratuzilma barpo etish orqali yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi. Bu esa Andijon davlat universiteti bitiruvchilarining global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga yordam beradi.

“Yangi O‘zbekiston” strategiyasi doirasida ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu strategiya oliy ta’lim muassasalaridan zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashni talab etadi. Universitetimiz ushbu maqsadlarga erishish uchun ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Xitoy bilan hamkorlik, xususan, qo‘shma dasturlar tashkil etish va professor-o‘qituvchilar almashinuvi orqali ushbu jarayonni jadallashtirishga intiladi.

Tashrifning madaniy va gumanitar jihatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalar mustahkamlanadi. Bu ikki xalq yoshlarida o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Andijon davlat universiteti talabalari uchun xitoy tili, madaniyati va an’analarini o‘rganish imkoniyatlari kengaydi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni yanada mustahkamladi.

Xulosa qilib aytganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish bilan birga, ta’lim, ilmiy-texnik va madaniy sohalarda keng imkoniyatlar ochdi. Xitoyning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va talabalarga zamonaviy bilimlar berish orqali “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Ushbu tashrifning muvaffaqiyati nafaqat O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamladi, balki mamlakatimiz yoshlarining global miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishiga zamin yaratdi. Universitetimiz jamoasi ham ana shu jarayonlarda faol ishtirok etadi, o‘qitish tizimiga xalqaro andozalarni joriy etish, oliy ta’limni xalqaro darajaga ko‘tarish, jahon mehnat bozorida raqobatlasha oladigan malakali kadrlar tayyorlash uchun bor imkoniyat va salohiyatimizni ishga solamiz. 

Baxtiyorjon AKBARALIEV,

Z. M. Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti rektori.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yanada ortdi