O‘zbekistonning TOP-10 tashqi savdo hamkorlari
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatimiz jahonning 195 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar:
Xitoy — 9,5 mlrd AQSH dollari;
Rossiya Federatsiyasi — 7,0 mlrd AQSH dollari;
Qozog‘iston — 2,8 mlrd AQSH dollari;
Turkiya — 1,4 mlrd AQSH dollari;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd AQSH dollari;
Koreya Respublikasi — 940,0 mln AQSH dollari;
Fransiya — 890,9 mln AQSH dollari;
BAA — 807,7 mln AQSH dollari;
Qirg‘iz Respublikasi — 624,6 mln AQSH dollari;
Germaniya — 623,2 mln AQSH dollari.
Umuman olganda, joriy yilning birinchi yarim yilligi o‘lkamiz tashqi savdo geografiyasi tobora kengayib, xalqaro iqtisodiy hamkorlik aloqalari izchil mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Xitoy va Rossiya mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolayotgan bo‘lsa, Markaziy Osiyo davlatlari, Turkiya, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan savdo hajmining o‘sishi tashqi iqtisodiy munosabatlarni diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘.Alimov, O‘zA