Mamlakatimizda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan imtiyozli savdo-iqtisodiy aloqani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish asosida jahon bozoridan mustahkam o‘rin egallash, shu orqali milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar faol amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jahon savdo tashkilotiga a’zolik respublikamizning eksport salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA muxbiri JST va ushbu nufuzli tuzilmaga a’zolikning ahamiyati haqida iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jasurbek Otaniyozov bilan suhbatlashdi.

– Jasurbek aka, dastlab JSTning davlatlar uchun manfaati haqida gapirib bersangiz.

 1995 yil tashkil etilgan Jahon savdo tashkiloti dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilot bo‘lib, 164 davlatni birlashtirgan. Ushbu mamlakatlar global savdo va butun dunyo yalpi ichki mahsulotining 98 foizdan ko‘pini tashkil etadi.

JST davlatlar o‘rtasidagi savdoning global qoidasi bilan shug‘ullanadigan yagona xalqaro idora sifatida Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh kelishuv (GATT) o‘rnini egalladi. Tashkilot xalqaro savdo munosabatida qulay huquqiy tizim taqdim etadi. A’zo mamlakatlar o‘zaro kelishgan holda qabul qilgan hujjatlar mamlakatlar zimmasiga savdo siyosatini belgilangan mezon doirasida olib borish mas’uliyatini yuklaydi.

JST ma’lum qoidaga asoslangan tizim doirasida savdo jarayonini tartibga solishga yordam beradi, hukumatlar o‘rtasidagi savdo bilan bog‘liq nizoni xolisona hal etadi, savdo muzokarasi tashkil etadi. Ushbu faoliyat 60 kelishuvga – xalqaro savdo va savdo siyosati asosiy huquqiy me’yoriga asoslanadi.

Mamlakatlar JSTga a’zo bo‘lish orqali tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida kamsitilmaydigan, adolatli savdo tizimi, tariflarni himoya qilishning maksimal darajasi va import kvotasi bekor qilinishi, raqobatbardoshlik darajasi oshishi uchun tovarni arzon narxda import qilish kabi muhim afzalliklarga ega bo‘ladi.

A’zolik yuqorida qayd etilgan afzalliklarni taqdim etishi bilan birga muayyan mamlakat uchun qator majburiyatlar ham belgilaydi. Bu jarayon uzoq muddatli va murakkab muzokara jarayonida erishiladigan me’yoriy-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish hamda hayotga joriy etish, inson resursi va institutsional salohiyatni mustahkamlash, sanoat sohasida barqaror rivojlanishga erishish kabi amallarni talab etadi.

JSTga a’zolik aynan O‘zbekiston uchun qanday imkoniyat yaratadi?

– Ma’lumki, JSTning bosh g‘oyasi tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo siyosatini olib borish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida a’zolar o‘rtasidagi tashqi savdo munosabatida adolatli raqobat muhitini shakllantirishni nazarda tutadi. Demak, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidagi dastlabki ustuvor vazifa mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarini xorijdan import qilingan hamda tarif va notarif to‘siqlar qo‘yilmagan mahsulotga nisbatan raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Ayni raqobat mahalliy tadbirkorlarimizni ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiya hamda innovatsiyani joriy qilgan holda yanada rivojlanishga undaydi.

Hozir xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvni kuchaytirish maqsadida ushbu tashkilotga yana 23 mamlakat qo‘shilishi bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilyapti. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan va ushbu masala yuzasidan muzokara olib borilyapti. Mamlakatimizning JSTga to‘la huquqli a’zo sifatida kirishi xalqaro savdo tizimi va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida boshqa davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik yanada yaxshilanadi, tovar ayirboshlash miqdori oshadi, yangi bozorga chiqish orqali tashqi raqobatbardoshlikni kuchaytirish uchun qulay sharoit hosil bo‘ladi.

Tan olish kerak, tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni oson kechmaydi va uzoq vaqt sarf etiladi. Eng muhimi, ayni payt mazkur jarayonda aniq chora-tadbirlar olib borilyapti.

O‘zbekistonni JSTga tayyorlash 1994 yil boshlangan, biroq o‘sha davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosat olib borilganligi sababli, jarayon 2005 yil muzlatib qo‘yilgan.

Umuman, jarayon o‘rtacha 9-10, ba’zan 12-15 yilni tashkil etadi. O‘zbekiston 1995 yil ariza topshirgan bo‘lishiga qaramasdan, faqat 2017 yildan boshlab, bu borada ijobiy siljish kuzatila boshlandi. Bu so‘nggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyotni boshqarishga bozor tamoyili va mexanizmini keng joriy qilish bo‘yicha olib borilayotgan oqilona islohot bilan bog‘liq. Shuningdek, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’sirchan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ham ijobiy samara beryapti.

Mamlakatimizda 2016 yilda boshlangan milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish borasidagi faol islohotdan so‘ng 2018 yil mart oyidan O‘zbekistonni JSTga qabul qilish jarayoni qayta jonlandi. Masalan, 2019 yil iyul oyida Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandum va yana bir necha hujjat, jumladan, tovar va xizmat bozoriga kirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastlabki takliflar taqdim etildi.

Muhim omillardan yana biri mamlakatimiz tashqi savdo hamkorlarining aksariyati mazkur tashkilotga a’zo davlatlar ekanidir. Ushbu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatda O‘zbekiston uchinchi davlat sifatida ishtirok etishi natijasida mamlakatimizdan eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan yuqori boj stavkalari hamda notarif tartibga solish usullari keng joriy etilishining eksport salohiyatiga salbiy ta’siri bartaraf etiladi.

Bu holatni amaliy raqamlar misolida tahlil etamiz. Hozir 204 mamlakat bilan savdo aloqasi yo‘lga qo‘yilgan. Tashqi savdo aylanmasining salmoqli ulushi aynan JST tarkibiga kiruvchi davlatlarga tegishli. 2022 yil yakuniga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 61,5 foizni tashkil qildi. Bunda Rossiya 18,6, Xitoy 17,8, Qozog‘iston 9,2, Turkiya 6,4, Koreya Respublikasi 4,7, Qirg‘iziston 2,5 va Germaniya 2,3 foizni tashkil etdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz eksport geografiyasini hamda asosiy hamkor mamlakatlar hisoblangan JST tarkibiga kiruvchi davlatlar bilan tashqi savdo ko‘lamini yanada kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar juda faollashdi. Ta’kidlash joiz, bu mamlakatlar eksport va import bo‘yicha asosiy hamkor sifatida muhim o‘rin egallaydi.

Yana bir muhim jihat shuki, JSTga kirish xalqaro savdo qoidasini ishlab chiqish jarayonida O‘zbekistonning to‘laqonli ishtirokini ta’minlaydi. Shu orqali tashqi savdo munosabatida boshqa davlatlar tomonidan qo‘llanadigan diskriminatsiya cheklovi bartaraf etiladi.

JSTga kirish jarayonida qanday bosqichlardan o‘tish kerak?

“O‘zbekistonning JSTga kirishiga ko‘maklashish” bo‘yicha ishlab chiqilgan besh yillik loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2020 yil fevral oyida boshlangan mazkur loyihada JSTga qo‘shilish jarayonida milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo‘yicha rivojlanish rejasini qo‘llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan. Loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad JST tomonidan belgilangan qoidalarga mos keladigan savdo muhiti yaratish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvni kuchaytirishdan iborat.

Jarayon 15 bitimda belgilangan majburiyatni yuklaydi. Bu bitimlar keng qamrovli va murakkab bo‘lib, keng doirada jahon savdosi masalasini qamrab oluvchi yuridik hujjatlarga tayanadi. Mazkur bitimlar a’zo mamlakatlar tashqi savdo salohiyatini oshirishga qaratilgan diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, savdo to‘siqlarini bartaraf etish, raqobatbardoshlikni oshirish, yetarli darajada rivojlanmagan davlatlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, savdoni tarif usullari bilan tartibga solish, savdo siyosati halolligi kabi muhim tamoyillarga asoslanadi.

Mazkur tamoyillarga amal qilish orqali JSTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida tashqi savdo munosabatini rivojlantirish bilan bog‘liq to‘siqlarni bartaraf etishga erishiladi. Qolaversa, mahsulotning erkin harakatini ta’minlash, yangi bozorga kirib borish orqali raqobat muhitini shakllantirish, rivojlanmagan, o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarga har jihatdan qulaylik beradi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi tashqi iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan faol hamkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojida alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zA muxbiri Go‘zal Sattorova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi ko‘plab imkoniyatlar yaratadi