Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
O‘zbekistonning eng tezkor velosportchilari kimlar?

Poytaxtimizda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan joriy yilgi O‘zbekiston chempionatida 100 ga yaqin velopoygachilar g‘oliblik da’vosida o‘zaro raqobatlashdi.
Chempionatning erkaklar o‘rtasidagi 200 metr masofaga git poygasida Timur Abduhakimovga, ushbu yo‘nalishning ayollar bahsida Valeriya Gammga teng keladigani topilmadi. Medison guruh poygasida har ikkala toifada Toshkent shahri jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Sprint poygasida Ubaydulloh Abdurahmonov va Samira Bikmayeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, mamlakat chempioniga aylandi. Omniumda Vladislav Troman va Madina Qahhorova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.
Velosportning qiziqarli yo‘nalishlaridan biri keyrin bahslarida Vlad Jarkov hamda Anastasiya Safonova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
Muallif: javohirtoshxujayev
https://uza.uz/posts/584693
Ulaşiş




