O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi kim?
“Transfermarkt” portalida mamlakatimizning eng qimmat legioner futbolchilari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Italiyaning “Jenoa” jamoasida to‘p surayotgan Eldor Shomurodov narxi 6,5 million yevroга baholandi va mamlakatimizning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Toshkentning “Bunyodkor” klubida yorqin o‘yinlar namoyish etgan, hozirda “Sharja”da faoliyatini davom ettirayotgan 24 yoshli futbolchimiz Otabek Shukurovнинг transfer narxi 2,5 million yevro deya e’tirof etildi.
Quyida legioner futbolchilarimizning narxlari bilan tanishasiz:
1. Eldor Shomurodov “Jenova” – 6,5 million yevro
2. Otabek Shukurov “Sharja” – 2,5 million yevro
3. Jaloliddin Masharipov “An-Nasr” (“Shabab Al-Ahli” ijara asosida) – 2 million yevro
4. Aziz G‘aniyev “Shabab Al-Ahli” – 1,8 million yevro
5. Oston Urunov “Spartak” (“Ufa” ijara asosida) – 1,5 million yevro
6. Igor Sergeyev “Aktobe” – 1,5 million yevro
7. Odil Ahmedov “Tyanszin Teda” – 1,2 million yevro
8. Doston Hamdamov “An-Nasr” – 1,2 million yevro
9. Odil Hamrobekov “Paxtakor” – 1 million yevro
10. Hojiakbar Alijonov “Paxtakor” – 900 ming yevro
11. Bobir Abduxoliqov “Rux” – 900 ming yevro.