O‘zbekistonning eng kuchli o‘smir rapirachilari saralandi
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogida o‘smir yosh toifasidagi o‘g‘il va qizlar rapira quroli bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafar qilichbozlar g‘oliblik uchun kuch sinashdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Jamoliddin Ma’rufjonov barcha raqiblarini yengib oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Azamat Muhammedov va Amirbek Otabekov kubok bahslarining kumush hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Qizlar orasida o‘tgan bellashuvlarda Asal Karimova shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Robiya Iminova esa finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sabina Adashaliyeva hamda Shabnam Normamatova kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA