O‘zbekiston energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga Energetika regulyatorlari mintaqaviy assotsiatsiyasi (ERRA) tomonidan to‘laqonli a’zolikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikat topshirildi.

Ushbu hujjatga muvofiq, agentlik ERRAning to‘laqonli a’zosi maqomini rasman qo‘lga kiritdi.

Bu qadam O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan energetika sohasidagi islohotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi hamda mamlakatning mintaqaviy energetika hamkorligidagi ishtiroki yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

Agentlik axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ERRA energetika bozorlarini tartibga solish, ilg‘or tajribalarni almashish va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot hisoblanadi. ERRA milliy, mintaqaviy va xalqaro darajada energetika sohasini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar bilan faoliyat olib boradi.

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning energetika agentligi ERRA a’zosi bo‘ldi