Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan  “O‘zbekistonning barqaror rivojlanish milliy maqsadlari: BRMga yetish bo‘yicha erishilgan natijalar va muammolar” mavzuidagi xalqaro davra suhbati muhokamalarga boy bo‘ldi. O‘zbekistonning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish yo‘lidagi yutuqlari ko‘rib chiqildi. Keng doiradagi masalalar muhokama qilindi va milliy BRMga erishishni tezlashtirishning dolzarbligi bo‘yicha yangi tashabbuslar atroflicha o‘rganildi.

BMTning Taraqqiyot dasturi ko‘magida o‘tkazilgan mazkur  tadbirda 70 dan ziyod delegat, shu jumladan, nufuzli xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlarning ekspertlari ishtirok etdi.

Tadbir BRMga yetish yo‘lida erishilgan yutuqlarni muhokama qilish va baholash, amaliy tajriba almashish, joriy maqsadlarga aniqlik kiritish va ularga yetishni jadallashtirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni belgilash maqsadida tashkil etildi.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori v.b. Konsuelo Vidal Bryus ta’kidlaganidek, BRM sammiti xalqaro hamjamiyat, milliy hukumatlar, fuqarolik jamiyatini va rivojlanish bo‘yicha sheriklarni 2030 yilgacha davr uchun kun tartibiga erishish bo‘yicha birgalikdagi global sa’y-harakatlarning yangi bosqichini amalga oshirishda o‘z majburiyatlarini oshirishga rag‘batlantirdi. O‘zbekiston ham bu jarayonlarning faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov joriy yilda O‘zbekiston BRMga erishish yo‘lining yarmidan o‘tganini nishonlayotganini qayd etdi. 

– Erishilgan yutuqlarni baholash, muhim tajribalar bilan o‘rtoqlashish va O‘zbekiston uchun maqsadlarni aniqlashtirishning muhim paytidir, – dedi O.Hakimov. – 2030 yilgacha BMT kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga izchil erishish mamlakatimiz Prezidenti boshchiligidagi Yangi O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida “Yangi O‘zbekistonni huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat sifatida barpo etish siyosatini qat’iy davom ettirish” niyatini bildirdi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va ortga qaytmas islohotlarga alohida to‘xtaldi, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatimizdagi ortga qaytmas islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, O‘zbekiston Prezidentining Bosh Assambleyadagi nutqiga yuqori baho berdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari ko‘lami, uning Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos kelishi alohida ta’kidlandi. Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘zining barqaror rivojlanish yo‘lidagi o‘zgarishlar dasturini ilgari surishda muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu, ham davlat, ham xususiy moliyaviy ustuvorlikning barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq tarzda o‘zgarishini o‘z ichiga oladi.

Tadbir davomida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot  strategiyasi doirasida 2022 yilda boshlangan keng ko‘lamli islohotlar barqaror rivojlanish sohasidagi maqsad va vazifalarga to‘liq mos kelishi ekspertlar tomonidan qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekiston barqaror rivojlanish yo‘lidagi o‘zgarishlar dasturini ilgari surishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgani ham e’tirof etildi. Bu barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq ravishda davlat va xususiy moliyaviy ustuvorliklarni o‘zgartirishni ham o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, davra suhbatida jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ularning natijasida BRMni moliyalashtirishda ustuvor yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilayotgani muhokama qilindi.

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlarini to‘liq amalga oshirish uchun investitsiyalar va texnologiyalarni faol izlamoqda, mamlakat bir vaqtning o‘zida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin aloqalarni mustahkamlamoqda. Bu sa’y-harakatlar butun mintaqada suv, energetik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

– Bizning barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqligimiz raqamlar bilan cheklanmaydi, – dedi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili v.b. Anas Karman o‘z ma’ruzasida. – U, avvalo, odamlarning farovonligini oshirishga intilishdir. Shuni esda tutaylikki, BRMlarga erishish yo‘li nafaqat maqsadlarga erishishda, balki rivojlanishning mohiyatini o‘zgartirishdadir.

Tadbir so‘ngida ta’kidlanganidek, biz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lining yarmidan o‘tar ekanmiz, zarur tuzatishlar kiritishga ehtiyoj mavjud. Bu xususiy sektorni yanada taraqqiy ettirish uchun rivojlangan mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, davlat-xususiy sheriklik va birgalikda moliyalashtirish dasturlarini rag‘batlantirish kabilardir. 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning barqaror rivojlanish milliy maqsadlari: erishilgan natijalar va muammolar