Oxirgi yillarda mamlakatimizda ekologik islohotlar shunchaki siyosiy bayonotlar emas, balki amaldagi keng qamrovli harakatga aylanib bormoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi.

Hujjatda nafaqat strategik yo‘nalishlar, balki har bir fuqaroning hayotiga ta’sir etuvchi amaliy chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, ushbu konsepsiya mamlakatning barqaror rivojlanishi, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, aholida atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish, tabiat oldidagi mas’uliyatni oshirishga qaratilgan.

"Yashil makon" – ekologik madaniyatni amalda shakllantiradigan loyiha

Jamiyatda ekologik madaniyat an’anaviy tarzda oila, jamiyat va ta’lim orqali shakllanib kelgan. Ammo global ekologik muammolar fonida bu yondashuv yetarli emasligi ayon bo‘ldi.

Ekologik madaniyatni oshirishdagi eng katta amaliy tashabbuslardan biri – bu “Yashil makon” umummilliy loyihasi hisoblanadi. Mazkur tashabbus doirasida har yili millionlab daraxt va butalar ekilib, shaharlar va qishloqlar yashil hududlarga aylantirilmoqda. Bu nafaqat havoni tozalash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda, balki aholida ekologik madaniyatni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Maxsus tarzda tashkil etilgan hasharlar, maktab va oliygohlarda o‘tkazilayotgan ko‘chat ekish aksiyalari yosh avlodni atrof-muhitga nisbatan mas’ul bo‘lishga undab kelmoqda. Bu jarayonga aholining barcha qatlami birdek ishtirok etmoqda.

Mahallalarda ekologik tozalik

Yillar davomida shahar va qishloqlarda chiqindilar bilan bog‘liq masalalar faqat sanitariya nuqtai nazaridan ko‘rilgan. Ammo endilikda bunday yondashuv o‘zgarmoqda.

Konsepsiyadagi muhim yo‘nalishlardan yana biri – mahallalarni chiqindilardan tozalash va ularni muntazam nazorat qilish tizimini yaratish.

Bu yo‘nalishda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi kabi tashkilotlar keng jalb etilib, aholi o‘rtasida tashlandiqsiz hayot tarzini targ‘ib qiluvchi aksiyalar va o‘quv-seminarlari o‘tkaziladi.

Bu orqali fuqarolar chiqindilarni saralash, qayta ishlash va ekologik tozalikni saqlash madaniyatini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ekovolontyor yoshlar harakati

Ekologik madaniyatni yuksaltirishda yoshlarning ishtiroki alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan tashkil etiladigan ekovolontyorlar harakati bu borada amalga oshirilayotgan ishlarda muhim bo‘g‘in vazifasini bajaradi.

Ekovolontyorlar faoliyati doirasida daraxt ekish, tozalik aksiyalari, ekologik fleshmoblar o‘tkaziladi va aholi orasida sohaga oid foydali ma’lumotlar tarqatiladi. Bu harakat nafaqat talabalarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi, balki butun jamiyatni ijobiy o‘zgarishlar sari yetaklaydi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi – tashabbuslarning markazida

Konsepsiya doirasidagi har bir amaliy harakat ortida ma’lum darajada siyosiy iroda yotadi. Mana shunday siyosiy kuchlardan biri — O‘zbekiston Ekologik partiyasi.

Partiya faollari konsepsiya doirasida amalga oshiriladigan barcha tashabbus va islohotlarda faol ishtirok etadi. Partiya vakillari tomonidan qonunchilik tashabbuslari, jamoatchilik nazorati va aholini ekologik huquqiy bilimlar bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqiladi.

Partiya tashabbusi bilan ko‘plab hududlarda ekologik sessiyalar, jamoat eshituvlari o‘tkaziladi, “ekologik mahalla” va “yashil o‘rtoqlik” kabi dasturlar joriy etiladi. Bu orqali aholining ekologik masalalarga nisbatan munosabatini yanada faollashtirishga erishish mumkin.

Muxtasar qilib aytganda, 2030 yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan konsepsiya – O‘zbekistonning barqaror ekologik kelajagini yaratishga qaratilgan dasturiy hujjatdir.

Agar bugun har birimiz kamida bir daraxt eksak, chiqindini saralasak, farzandlarimizni tabiatni sevishga o‘rgatsak, demak bu konsepsiya qog‘ozda emas, amaldagi samarali normativ hujjatga aylanadi.

Pirovard natijada “Yashil makon” loyihasi, ekovolontyorlar harakati va mahallalardagi amaliy tadbirlar nafaqat atrof-muhitni yaxshilaydi, balki butun jamiyat ongini o‘zgartirishga xizmat qiladi.

Aynan mana shu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi konsepsiyani hayotga tatbiq etish jarayonida faol ishtirok etadi.

Sevara FAYZIEVA,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi 

Toshkent shahar Kengashi raisi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning barqaror ekologik kelajagini yaratishga qaratilgan dasturiy hujjat