“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi Xalqaro oila kuni arafasida nikoh va oilaviy munosabatlarning eng dolzarb masalalari, mavjud oilaviy muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazdi.

O‘tkazilgan so‘rovlarda respublikamizning barcha hududlari, shahar va qishloq joylarida yashovchi, turli soha va tarmoqlarda band bo‘lgan 18 va undan katta yoshdagi fuqarolar ishtirok etdi.

Ma’lumki, 15 may butun dunyoda 1993 yildan buyon Xalqaro oila kuni sifatida nishonlab kelinadi. Mazkur sana BMT tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, har yili ma’lum bir nom ostida turli targ‘ibot tadbirlari uyushtiriladi.  

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida ma’naviy-axloqiy asoslar va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni nikoh va oilaviy hayotga tayyorlash, oilalardagi nizoli vaziyatlar va ajrimlarning oldini olish borasida yagona davlat siyosati amalga oshirilmoqda.

Oila-nikoh munosabatlari va oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, milliy qadriyatlarga asoslangan, xalqaro huquq normalari va talablariga javob beradigan qonunchilik bazasi uzluksiz takomillashtirilmoqda.  

«Fuqarolarning oila haqidagi fikri: qarashlar, o‘zaro munosabatlar, yo‘nalishlar» mavzusidagi tadqiqot doirasida o‘zbekistonliklar oilasi hayotining turli jihatlari oila hayotiy siklining o‘ziga xos xususiyatlarini va oilaning mavjud bo‘lishini tavsiflovchi ehtimoliy qiyinchiliklar va muammolar  hisobga olingan holda o‘rganildi.  

O‘tkazilgan tadqiqot fuqarolarning bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini tanlash va oila qurish mezonlariga bo‘lgan munosabatini aniqlab berdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar moliyaviy mustaqillik, oila uchun alohida doimiy uy-joyning mavjudligi va bo‘lajak er-xotinning jismoniy salomatligini oila qurishning asosiy shartlari, deb hisoblaydilar.

Aksariyat respondentlar (76,5 foiz) yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash kerak, deb hisoblaydilar. Bunda o‘zbekistonliklarning fikriga ko‘ra, tayyorgarlik jarayonida asosiy rolni yoshlarning ota-onalari o‘ynashi lozim.

Tadqiqot natijalari fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi nikohni tuzishda FHDYOda ro‘yxatga olish tartib-taomilini majburiy, deb hisoblashini ko‘rsatdi (97,1 foiz). Mazkur ko‘rsatkich barqaror bo‘lib, bir necha yildan beri shu darajada turibdi. Respondentlarning ko‘pchiligi nikohga kirishda «nikoh» diniy to‘y marosimini yoki cherkovda nikohlash marosimini o‘tkazish zarur, deb hisoblaydilar (98,5 foiz). O‘zbekistonliklar tibbiy ko‘rikdan o‘tish (95,6 foiz) va nikoh shartnomasining imzolanishini (55,9 foiz) ham nikoh tuzish tartib-taomilining muhim shartlari, deb hisoblaydilar.

So‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, (41,2 foiz) ishtirokchilarning oilalarida nizo va janjallar bo‘lib turadi. Fuqarolarning fikriga ko‘ra, quyidagilar so‘nggi yillarda oilaviy mojarolar yuzaga kelishining asosiy sabablari hisoblanadi: oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchilik; moddiy qiyinchiliklar; o‘zining oilaviy majburiyatlariga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lish; er-xotindan birining o‘z hukmini o‘tkazishga, so‘zsiz bo‘ysundirishga erishishga intilishi; boshqa oila a’zolarining manfaatlari va fikrini inobatga olmaslik; oila a’zolarining bir-biriga befarqligi; er-xotindan birining spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi; oilaning biron-bir  a’zosi kasalligi va shular bilan bog‘liq muammolar.

So‘rov ishtirokchilarining aksariyati er tomonidan xotinga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Biroq o‘zbekistonliklarning jamoatchilik fikrida xavotirli tendensiya ham kuzatiladi: 10,3 foiz respondentlar ayrim hollarda kuch ishlatish mumkin, deb hisoblaydilar. Respondentlar ushbu qismining fikriga ko‘ra, ayol o‘z xatti-harakati bilan erini kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda jismoniy zo‘ravonlik holatiga yo‘l qo‘yish mumkin. Respondentlarning fikricha, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilish (23,5 foiz), o‘zaro tushunmovchilik (22,1 foiz) va moddiy qiyinchiliklar (20,6 foiz) ayolga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik namoyon bo‘lishining sabablari hisoblanadi.

«Erta nikohlar, ularning sabab va oqibatlari to‘g‘risida o‘zbekistonliklarning fikri» mavzusidagi tadqiqot o‘zbekistonliklarning mazkur voqelikka munosabati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish imkonini berdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 18 yosh – erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham qonun bilan belgilangan nikoh yoshi ekanligidan xabardorligi o‘rtacha darajada ifodalandi.

O‘zbekistonliklar 21-25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblashadi. Boshqacha aytganda, respondentlarning fikriga ko‘ra, yoshlarning nikohga kirish vaqtini kechiktirishlari ularga ma’lumot olish yoki kasb-hunar egallash, moddiy mustaqil bo‘lishga imkon beradi.

Telefon so‘rovi, umuman olganda, erta nikoh odatda erta yosh orqali aniqlanishi haqidagi to‘g‘ri tasavvurni aniqlab berdi. Ayni paytda respondentlarning 18 yosh ham qizlar, ham yigitlar tomonidan nikoh tuzilishi uchun erta yosh hisoblanishiga ishonchlari komil.

Respondentlarning fikriga ko‘ra, ayol uchun erta nikohga kirish va buning natijasida barvaqt homiladorlik va tug‘ish uning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, qizlarga hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilishi uchun imkoniyatlar va ta’lim olishni cheklaydi.

O‘tkazilgan so‘rov erta nikohlar sabablarini aniqlash imkonini berdi. Ular orasida: ota-onalarning o‘z farzandlari oilaviy hayotini tezroq yo‘lga qo‘yishga intilishi (48,1 foiz), lozim darajadagi tarbiyaning mavjud emasligi va yoshlarning reproduktiv salomatlik masalalarida savodsizligi (25,9 foiz), foydali nikoh hisobidan o‘zining moddiy ahvolini o‘nglash istagi (22,5 foiz), rejalashtirilmagan homiladorlik (15,2 foiz) va hokazolar bor.

O‘zbekistonliklar erta nikohlarning salbiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishdi: ehtimoliy ajrimlar (49,6 foiz), xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi va bolalar salomatligiga salbiy ta’sir (44,8 foiz), ehtimoliy maishiy zo‘ravonlik (19,5 foiz) va hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilish imkoniyatiga salbiy ta’sir (17,5 foiz).

«Oilaviy ajrimlar, ularning sabab va oqibatlari haqida o‘zbekistonliklarning fikri» mavzusidagi tadqiqot fuqarolarning ushbu muammo haqida, respondentlarning yoshi, ma’lumoti darajasi va jinsiga qarab ajrimga bo‘lgan munosabatining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi fikrlarini aniqlash imkonini berdi. So‘rov ko‘rsatganidek, jinsi, yoshi, ma’lumoti darajasi va bandlik sohasidan qat’iy nazar, so‘rov ishtirokchilarining mutlaq ko‘pchiligi (81,3 foiz) ajrim – bu oila, jamiyat hayotidagi salbiy holat, deb hisoblaydi.

Tadqiqot davomida uning ishtirokchilarining ta’kidlashlaricha, qadriyatlar, shaxsiy va ruhiy-fiziologik xususiyatlarning eng maqbul tarzda uyg‘unlashuviga asoslanib, er-xotin fe’l-atvorlarining bir-biriga mosligi, ularning o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, saqlash va uzoq vaqt davomida saqlab turish qobiliyati nikoh mustahkamligining asosiy garovi hisoblanadi.

Tadqiqot er-xotinning nikohgacha bir-birini tanishligi davri muddati oilaning mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatishini aniqlab berdi. Er-xotinning nikohgacha tanishligining qisqa muddati bo‘lajak er-xotinda bir-birlari haqida har birining haqiqiy fazilatlariga mos kelmaydigan yanglish tasavvurlarni hosil qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda, so‘rov natijalari ko‘rsatganidek, bo‘lajak er-xotinning nikohgacha bir-biriga tanish bo‘lishining bir yildan kam – qisqa  muddati yetarli, degan qarash mavjud, bu oilaning mustahkamligiga putur yetkazuvchi omillardan biri hisoblanadi.

Tadqiqotda aniqlanishicha, respondentlar orasida turmush o‘rtog‘ini ota-onalarning bevosita ishtirokida tanlash usuli keng tarqalgan. Bunda ota-onaning fikri o‘g‘li yoki qizining turmush o‘rtog‘ini tanlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ko‘plab yoshlar uchun bu norma hisoblanadi, chunki oila qurishning mazkur usuli ota-onaga hurmat, ularning hayotiy tajribasiga ishonish, baxtli mustahkam oila qurishga yordam berish istagiga asoslangan. Ikkinchi tomondan, oila qurishning ushbu usuli oilaning mustahkamligiga putur yetkazishi mumkin va ba’zan ajrimga olib keladi. Bu er-xotin o‘rtasida muhabbat va o‘zaro bog‘liqlik hissi paydo bo‘lmagan hollarda yuz beradi. Hozirgi sharoitda yoshlarda nikohning sifatiga bo‘lgan talablar oshgan, endi ular sevmagan odam bilan oilaviy baxtsiz yashashni xohlashmaydi va yashay olishmaydi va bunday nikohni buzishni afzal ko‘rishadi.

49,7 foiz so‘rov ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, oila instituti barqarorligi pasayishining asosiy sabablaridan biri shundan iboratki, zamonaviy yoshlar oilaviy hayotga tayyor bo‘lmagan holda: ma’naviy yetuklikka erishmasdan, tugallangan ma’lumotga, kasb-hunarga, alohida uy-joy va oilani ta’minlash uchun yetarli miqdordagi ish haqiga ega bo‘lmay turib nikohga kiradilar.

So‘rov globallashuv va ommaviy madaniyat oila instituti barqarorligi pasayishining omili ekanligini aniqlab berdi (24,0 foiz). Ular ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning dunyoqarashiga, qadriyatlari va qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi, barqaror oila qurish qobiliyatini pasaytiradi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 45 yoshdan katta respondentlarning aksariyati ota-onalarning yosh oilaning hayotiga aralashuvi uning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi, degan fikrga qo‘shiladi. Bo‘y yetgan farzandlarning ota-onalari bo‘lgan fuqarolar oilaning ichki hayotiga aralashishi joiz, bu yosh er-xotinga xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka va  farzandlar nikohining mustahkam bo‘lishiga yordam beradi, deb hisoblaydilar. Yoshlarning kattagina qismi qarama-qarshi fikrda: 18-24 yoshdagi har ikkinchi respondentning fikricha (50 foiz), ota-onalarning aralashuvi salbiy omil hisoblanadi, oilaning mustahkamligiga putur yetkazadi va er-xotin o‘rtasidagi mojarolarga olib keladi. 20,9 foiz so‘rov ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, bunday aralashuv – oilaviy ajrimlarning keng tarqalgan sababi hisoblanadi.

So‘rov oiladagi ajrimlarning eng keng tarqalgan sabablarini aniqlab berdi: er-xotin fe’l-atvorlarining mos kelmasligi (41,2 foiz) va oiladagi moddiy muammolar (40,4 foiz).  

Bepushtlik – 12,6 foiz respondentlarning fikriga ko‘ra, nikoh buzilishining eng keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Farzand ko‘rolmaslik – bu oila uchun jiddiy muammo va farzand ko‘rishga intilayotgan turmush o‘rtog‘i, erkak va ayol, agar oilada uzoq vaqt mobaynida farzand bo‘lmasa, ajrashish uchun ariza berishi mumkin.    

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayol eri tomonidan zo‘ravonlikka duchor etilgach, nikohni saqlab qolish uchun yuzaga kelgan vaziyatga toqat qilishi, dadil va keskin harakatlar qilmasligi kerak qabilidagi qarash tufayli oiladagi zo‘ravonlik ko‘p hollarda er-xotin o‘rtasidagi ajrimga olib kelmaydi. Shunday bo‘lsa-da, 12,2 foiz respondentlar oiladagi zo‘ravonlikni oila buzilishining keng tarqalgan sababi, deb hisoblaydi.

Tadqiqot er bilan xotin o‘rtasidagi mojarolarning oxirgi vaqtda paydo bo‘lib, ba’zi hollarda ajrimga olib keladigan ancha zamonaviy manbasini aniqlab berdi – bu ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish bo‘lib, u ko‘p vaqt va e’tiborni oladi hamda rashkni qo‘zg‘atadi (12,2 foiz).

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oila tanazzulga yuz tutgan vaziyatda nikohni saqlab qolishning eng muhim omili – bu farzandlarning mavjudligi (37,8 foiz). Shu bilan birga, so‘rov shuni ko‘rsatdiki, farzandlarning mavjudligi er-xotinni nikohni bekor qilishdan to‘xtatishi mumkin, lekin ularni ajrashish to‘g‘risidagi qarorga olib kelgan muammolarni bartaraf etmaydi. Agar oilada chuqur, hal qilib bo‘lmaydigan ziddiyatlar bo‘lsa, u holda nikohni bolalar uchun saqlab qolib, er-xotin yana eski muammolarga duch kelishadi va oila o‘sha beqarorligicha qoladi.

Tadqiqotda aniqlanishicha, jamoatchilik fikrida oilada qanday muammolar mavjud bo‘lmasin, er-xotin nikohni bekor qilmasligi kerak, degan fikr ustuvorlik qiladi. Oilani saqlab qolish va farzandlarni tarbiyalash uchun ular bir-biriga toqat qilib, yuzaga kelgan vaziyatga ko‘nikishlari lozim: ushbu fikrga 64,3 foiz respondentlar, erkaklar va ayollar teng darajada qo‘shilishadi. Respondentlarning taxminan chorak qismi (25,2 foiz) ba’zi hollarda ajrashish yagona yo‘ldir, boshqa holatlarda er-xotin oilani saqlab qolish uchun kurashishlari kerak, deb hisoblaydi. Bunday nuqtai nazar ko‘proq yoshlarga xosdir.

Tadqiqot ishtirokchilari (51,3 foiz) nikohni bekor qilish tartib-qoidalarining murakkabligi ajrimlarning oldini olish nuqtai nazaridan o‘zini oqlaydi, deb hisoblaydi. Respondentlarning ta’kidlashlaricha, o‘rtasidagi ziddiyatlar unchalik chuqur va murosasiz bo‘lmagan er-xotinni bunday jarayon ajrimdan to‘xtatishi mumkin. 13 foiz respondentlarning fikriga ko‘ra, ajrimning murakkab tartib-qoidalari soddalashtirilishi kerak, chunki yuqori miqdordagi boj va byurokratik cho‘zishlar oilani saqlab qola olmaydi, balki faqat shusiz ham ruhiy jihatdan og‘ir bo‘lgan ajrim jarayonini yanada mashaqqatli qiladi.

So‘rovda ayol ajrimdan keyin duch keladigan eng keskin muammolar aniqlandi: moddiy muammolar (47 foiz), uy-joy muammosi (21,3 foiz), to‘liqsiz oilada bolalarni tarbiyalashning murakkabligi (28,7 foiz), boshqa fuqarolar tomonidan bildiriladigan salbiy munosabat (44,8 foiz).

So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning oilaviy ajrimlarga nisbatan salbiy munosabati, avvalo, uning farzandlar uchun og‘ir oqibatlari bilan bog‘liq. Agar ajrashgan er-xotinning farzandi bo‘lmasa, fuqarolar nikohning bekor qilinishiga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lishadi.

Umuman olganda, tadqiqot natijalari ko‘rsatganidek, oila o‘zbekistonliklar uchun asosiy hayotiy qadriyat bo‘lib qolmoqda. Fuqarolarning tasavvurida mamlakatimizda oilaning o‘ziga xos fazilatlari – mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik, bolalarga muhabbat, katta avlodning yuqori nufuzi, oila a’zolari o‘rtasidagi muhabbat va ma’naviy yaqinlik, o‘zaro hurmat va o‘zaro tushunish tuyg‘usiga qurilgan munosabatlardir.

So‘rov ishtirokchilarining mutlaq ko‘pchiligi mamlakatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar oilaning jamiyatdagi roli va ahamiyatini oshiradi, oilalar farovonligini mustahkamlashga va yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, degan fikrga qo‘shiladilar.

"Ijtimoiy fikr" markazi ma’lumotlari asosida  O‘zA muxbiri

Ziyodulla JONIBEKOV tayyorladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonliklar 21-25 yoshni oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblashadi