AQSHning Aleksandriya shahrida 40 ga yaqin mamlakatning 55 ta maktab shaxmat jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan jahon chempionati yakunlandi.

Bugun, 7 avgust kuni jahon chempionatining so‘nggi tur o‘yinlari tashkil etildi.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan "Wisdom" jamoasi 7-turda AQSHning "University High School" jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi. Ushbu bahsda yosh shaxmatchilarimiz Sherali Ravshanov, Oriyat Obidjonov, Madinabonu Xalilova va Sarvinoz Bekmuratova raqiblari bilan murosa yo‘lini tanlashdi.

Chempionatning oxirgi turida hamyurtlarimiz barcha o‘yinlarda ustunlikka erishgan Hindistonning “Velammal MHS School” jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.

Birinchi taxtada harakatlangan hamyurtimiz Sherali Ravshanov raqibini mag‘lub etgan bo‘lsa, Oriyat Obidjonov va Madinabonu Xalilova imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Sarvinoz Bekmuratova yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni Pranav bilan durangga erishdi. Bu, hindistonlik shaxmatchilar jamoasining 2,5:1,5 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi va jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lishiga olib keldi.

Ikkinchi o‘rindan joy olishga 7 ta jamoa da’vogarlik qildi. Hamyurtlarimiz hindistonliklardan ochko tortib ololmaganidan so‘ng, ikkita jamoa - Qozog‘istonning “National School of Physics and Mathemat” va AQSHning “The Harker School” vakillari 12 ochko bilan kumush medallarga da’vogarlik qildi. Oxirgi turdagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar holatida qo‘shni Qozog‘iston jamoasi kumush, okean orti yoshlari bronza medallariga musharraf bo‘ldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar chempionat davomidagi 8 ta turning 5 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 2 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berdi. 1 ta uchrashuvda durang qayd etishdi. Hamyurtlarimiz 11 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga 55 ta jamoa orasida kuchli o‘nlikni egalladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida nechinchi o‘rinni egalladi?