O‘zbekistonlik taekvondochilar BAAga jo‘nab ketdi
Joriy yilning 6 fevral kuni taekvondo (WT) bo‘yicha “Fujairah Open" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
"Fujairah Open-2022» turnirida mamlakatimiz sharafini 11 nafar taekvondochi 8 vazn toifasida himoya qiladi. Bugun tunda mazkur musobaqada ishtirok etadigan taekvondochilarimiz BAA davlatiga jo‘nab ketdi.
Quyida musobaqada dayanga chiqadigan sportchilar ro‘yxati bilan tanishasiz.
Erkaklar:
-54kg: Jahongir Xudoyberdiyev, Omonjon Otajonov
-63kg: Niyoz Po‘latov
-68kg: Ulug‘bek Rashidov, Sardor Toirov
-74kg: Jasurbek Jaysunov
-80kg: Nikita Rafalovich
Ayollar:
-53kg: Charos Qayumova
-62kg: Feruza Sodiqova
+73kg: Svetlana Osipova, Iroda Mirtojiyeva
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA