Osiyo futbol konfederatsiyasi qo‘mitalarining 2023-2027 yillarda faoliyat yurituvchi yangi tarkibi e’lon qilindi.

E’tiborlisi, mazkur qo‘mitalarning bir qator yo‘nalishlarida mamlakatimiz sport va futbol mutaxassislari faoliyat yuritadigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.  

E’lon qilingan yangi tarkibga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov Osiyo futbol konfederatsiyasi Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.  

Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislaridan Avaz Maqsumov milliy assotsiatsiyalar, Jahongir Usmonov futzal va sohil futboli, Baxtiyor Dadamatov texnik, Aziza Tatlimuratova ayollar futboli, Kamoliddin Abdullayev esa media va kommunikatsiyalar qo‘mitasi tarkibidan o‘rin egalladi.  

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylangan edi.  

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik sport va futbol mutaxassislari OFK qo‘mitalariga saylandi