O‘zbekistonlik poygachi Belgiya trassasida muvaffaqiyatga erishdi
O‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmadxo‘jayev Belgiyada o‘tkazilgan “Ultimate Cup Series”ning navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatga erishdi.
Belgiyaning Spa-Frankorsham trassasida o‘tgan “Ultimate Cup Series” musobaqasida Ismoil Ahmadxo‘jayev mustaqil poygachi Roman Rusinov bilan birgalikda “Rossa LM GT” avtomobilida bahs olib bordi.
Musobaqa davomida ob-havoning o‘zgarishi va trassaning bir necha bor namlanishiga qaramay, ekipaj yuqori sur’atni saqlab qoldi. Saralash bahslarida esa ikkita poul-pozitsiya qo‘lga kiritildi.

Bosqich yakuniga ko‘ra, Ismoil Ahmadxo‘jayev jamoasi ikkita poul-pozitsiya va ikkita podium bilan peshqadamlikka erishdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA