Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nevada shtati Las-Vegas shahrida joriy yilning 23-27 mart kunlari, AQSH Metal, minerallar va materiallar tashkiloti tomonidan “TMS Annual meeting-2025” jahon konferensiyasi tashkil etildi.
Unda aerokosmik, mashinasozlik va ilg‘or materiallar bo‘yicha dunyoning ko‘zga ko‘ringan tashkilotlari, korxonalar va ta’lim dargohlaridan 4000 nafardan ortiq olimlar etdi.
Ajumanda O‘zbekiston jamoasi ham “Yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining ta’siri chuqur tahlili” mavzusida ilmiy ish bilan ishtirok etdi.

Ushbu kashfiyotning ahamiyati shundaki, unda hozirgi kunda dolzarb hisoblangan yangi turdagi zamonaviy materiallarning yuqori haroratga mustahkamligini ta’minlash yo‘llari yoritib berilgan. Ularning mexanik xususiyatlarini saqlagan holda, nano o‘lchamda strukturaviy o‘zgarishlari haqida bayon etilgan.
Tadqiqot zamonaviy materialshunoslik yo‘nalishidagi dolzarb muammolarga yechim taklif qilgani uchun xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi va birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, ushbu tadbirda o‘z ilmiy kashfiyoti bilan ishtirok etgan texnika fanlari doktori, professor Elyorjon Jumayev, dunyoning ko‘zga ko‘ringan tashkilotlari jumladan, “Hyundai Motors”, “Samsung”, “NASA” va “Oak Ridge” milliy laboratoriyalari loyihalarida faoliyat yuritgan yosh o‘zbek olimidir. U 350 dan ortiq yangi turdagi materiallarni kashf qilgan, 7 tadan ortiq xalqaro patent va 16 dan ziyod dunyoning yetakchi jurnallarida ilmiy maqolalari chop etilgan.
O‘zA