O‘zbekistonlik jurnalistlar “Kaspiy media forumi”da
Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrida “Kaspiy media forumi” bo‘lib o‘tmoqda.
Unda o‘nga yaqin mamlakat jurnalistlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, media vakillari ishtirok etmoqda.
Bu yil sakkizinchi marotaba o‘tkazilayotgan “Kaspiy media forumi”da mamlakatimizdan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari – teleradiokanallar, bosma hamda internet nashrlarida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimiz qatnashmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab - quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida OAV vakillari xorij mamlakatlariga malaka oshirish, stajirovka o‘tash va nufuzli media tadbirlarda ishtirok etish uchun yuborilishi belgilangan.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi shu asosda 2023 - 2024 yillarda 60 ga yaqin jurnalist va tahririyat xodimlarini chet davlatlarga tajriba almashish uchun jo‘natish, xorijlik malakali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘quv kurslari tashkil etishni rejalashtirgan.
M.Qosimova, O‘zA