O‘zbekistonlik futbol hakamlari "JCH-2026" o‘yinlarini boshqaradi
Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi(FIFA) joriy yilning 11-iyun - 19-iyul kunlari AQSH, Kanada, Meksika davlatlarida o‘tadigan navbatdagi Jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborli jihati, dunyo futbol ishqibozlari e’tibor markazida bo‘ladigan mazkur chempionatda o‘zbekistonlik hakamlar guruhi ham o‘yinlarni boshqarib borishda ishtirok etadi.
Xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik tajribali futbol hakamlari Ilgiz Tantashev ushbu yirik turnirda bosh hakam sifatida ishtirok etishi tasdiqlandi. Shuningdek, hamyurtlarimiz Timur Gaynullin hamda Andrey Sapenko Jahon chempionatida qanot hakamlari sifatida faoliyat olib borishi tasdiqlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA